QABUL 2021/2022

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2021/2022 OQUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI

1.1. KIRISH

Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini ozida aks ettiradi.

1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni

2020/2021 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:

Yoʻnalish nomiO‘rinlar soni
Mashinasozlik texnologiyasi250
Avtomobilsozlik texnologiyasi250
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi)350
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura50

1.3. Grant berish va ularning soni

2021/2022 oʻquv yilida “UzAvto” kompaniyasi va uning korxonalari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan hamda Davlat grantlari ajratilishi rejalashtirilgan (Prezident qaror-loyihasiga binoan). Grantli oʻrinlarni tanlash – kirish imtihonlari natijalariga koʻra amalga oshiriladi va eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga beriladi. 2021/2022 oʻquv yili uchun ajratiladigan grantlar soni:

GrantlarJoylar soni
Davlat granti15
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti granti10
“UzAvto” granti25

1.4. Qabul tartibi va hujjat topshirish muddati

1.4.1. Kirish imtihoni

TTPU tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr dasturlari “mahalliy rejalashtirilgan qabul qilish” tizimiga asoslangan. Talabalar uchun oʻrinlar soni cheklangan boʻlib, belgilangan kvota doirasida oʻrinlar soni toʻlgunga qadar kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan abiturientlargina oʻqiy oladilar. Kirish imtihonida toʻplangan ball faqat 2021-2022 oʻquv yili uchun amal qiladi.

Qabul imtihonida yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga birinchi bosqichni oʻtkazib yuborish va 1.5-boʻlimda muhokama qilingan til talablarini hisobga olgan holda, ikkinchi bosqichga kirish imkoniyati berilishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, abituriyentlar 12 yillik maktab yoki 11 yillik ta’lim + barcha tayyorgarlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi yoki 11 yillik ta’lim + tan olingan universitetda bir yil (barcha rejalashtirilgan imtihonlarni topshirgan holda) davomida ta’lim olinganligi toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishlari kerak.

Ariza beruvchi (abiturient) ushbu imkoniyatdan voz kechishga va birinchi bosqichdan oʻqishni davom ettirishga haqlidir.

Ikkinchi bosqichga qabul qilish toʻgʻrisida yakuniy qaror Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor va qabul komissiyasi koordinatorining roziligidan soʻng qabul qilinadi.

1.4.2. Imtihon sanasi

2021/2022 oʻquv yili uchun UCH MARTA KIRISH IMTIHONI boʻlib oʻtadi:

  • Birinchi imtihon 21 MAY kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 14 may, nomzodlar maksimal soni – 450). Agar roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni birinchi imtihon uchun kvotadan oshib ketgan bo’lsa, ular avtomatik ravishda iyul sessiyasiga yoziladi. Kelmagan abituriyentlar iyul sessiyasiga kiritilmaydi;
  • Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni koʻproq) IYUL oyining boshida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi);
  • Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar.

Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).

1.4.3. 1-BOSQICH On-layn roʻyxatdan oʻtish

ILTIMOS, ON-LAYN ANKETANI TOʻLDIRISHDA VIDEONI TOMOSHA QILING.

May oyida bo’lib o’tadigan birinchi imtihonga ro’yxatdan o’tish ochiq.

1-bosqichdan oʻtish majburiy boʻlib, abiturientlar ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga oʻta olmaydilar!

2-bosqich – Kirish jarayonining shaffofligini ta’minlash uchun, karantin paytida, 1-bosqichni tugatgandan soʻng, ariza beruvchi (abiturient) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi kerak: admission@polito.uz.

Qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida qabul komissiyasi abituriyentning barmoq izlari va fotosuratlarini oladi. Abituriyentda pasport, oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan boʻlsa – oʻqishni tugatganligi haqida ma’lumotnoma (asli nusxasi) boʻlishi kerak.

Bundan tashqari, texnik ma’lumotlar bazasini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar tufayli har bir murojaat etuvchi Markaziy bank kursi boʻyicha 5 evro (65000 soʻm) miqdorida kirish toʻlovini toʻlashi lozim. Kirish toʻlovini amalga oshirmagan abituriyentlar imtihonlarga kiritilmaydi.

Buning uchun abiturient Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kelishlari shart. Abiturientning barmoq izi olinib u rasmga tushirilgandan soʻng barcha hujjatlar qaytariladi. (Manzil: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent, 100095; Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi)

On-layn shaklni oʻz vaqtida toʻldirmagan, barmoq izlari va rasmga tushgani kelmagan abiturientlar kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!

1.4.4. Onlayn test

Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn (on-line) test quyidagilardan iborat:

 Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).

 Oʻqib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).

 Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).

 Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

On-line test 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball– agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25– notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball– javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi!

1.4.5. Test natijalari

Abiturientlar toʻplagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi kirish testidan keyin bir yoki ikki hafta ichida e’lon qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
  • 1 ta papka (skoro shivatel), o’rta o’lchamdagi konvert;
  • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
  • IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.5 boʻlimda tanishib chiqing).

Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi. (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).

1.4.6. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari

Bu boʻlim quyida koʻrsatilgan sertifikatlarga ega boʻlgan fuqarolariga tegishli. Agar abiturientlar quyida koʻrsatilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlsa va uning natijasi jadvalda koʻrsatilgan natija bilan bir xil yoki undan ortiq boʻlsa, ular 1.4.1 boʻlimiga asosan birinchi bosqichni oʻqimay 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Kirish imtihonlarini topshirish majburiy boʻlgan davlat fuqarolari, imtihonni topshirganligini tasdiqlovchi maxsus sertifkat taqdim etishlari shart.

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score inthe “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “AnalyticalWriting” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

1.5. Ingliz tili sertifikati

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar 4.5 balldan kam boʻlmagan IELTS sertifikati (akademik) ga ega boʻlishlari lozim.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati (akademik) talab qilinadi.

TTPU da IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinadigan sertifikatlar roʻyxati:         https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.

1.6. TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori.

Bir akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Qabul komissiyasining ish jarayoni uchun mas’ul shaxslar:

Qabul komissiyasining raisi – Inoyatkhodjaev J.Sh.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi – Abdullayev F.B.

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Elektron manzil: admission@polito.uz

Telefon raqamlari: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52

Qabul komissiyasining ish vaqti: Dushanba – Juma soat 9:00 dan 17:00 gacha.

453
image_pdfimage_print