You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi delegatsiyasi direktor Lyu Tszyasin boshchiligida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Inoyatxodjayev J. Sh. va universitet ma’muriyati mehmonlar uchun kampus bo’ylab ekskursiya o’tkazdi.

So’ngra, har ikki tomonning barcha imkoniyatlari bilan tanishib, O’zbekistonning axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlashdagi hamkorlikning o’zaro manfaatdorligi va ahamiyatini tushungan holda, Huawei Uzbekistan direktori Lyu Tszyasin va Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjayev J. Sh. o’zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Unga muvofiq universitet talabalarining raqamli savodxonligini oshirish va malakali IT-kadrlarni tayyorlash bo’yicha qo’shma dasturlar ishlab chiqiladi.

Umid qilamizki, ushbu uchrashuv IT-ta’lim sohasidagi iste’dodlarni qo’llab-quvvatlash va O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirishda katta qadam bo’ladi.

1 609
image_pdfimage_print