You are currently viewing UzAuto kompaniyasi o‘z tarkibida loyihalshtirgan ko‘chma tibbiyot markazlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi

UzAuto kompaniyasi o‘z tarkibida loyihalshtirgan ko‘chma tibbiyot markazlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi

Respublika rahbari tashabbusiga binoan “O‘zavtosanoat” tomonidan chekka hududlar aholisining kasalliklarini tashxislash va oldini olishga mo‘ljallangan tor yo‘nalishdagi uch turdagi ko‘chma tibbiyot markazlari loyihalashtirildi va ishlab chiqarildi.

Ginekologik, urologik va umumiy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy ko‘chma tibbiyot markazlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan “KAMAZ” rusumli avtomashina va “Isuzu” avtobusi negizida yaratildi.

Tibbiyot markazlarida mammologik, ultratovush va boshqa tekshiruvlar uchun zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi O‘zbekistonning eng chekka hududlarida tor mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilash va mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholining hayot sifatini yaxshilash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda va UzAvto bu dasturda bevosita ishtirok etmoqda. Shunday qilib, 2021-yilning sentyabr oyida Isuzu avtobusiga asoslangan mobil klinika va Volkswagen Caddy bazasida tez tibbiy yordam mashinalarining birinchi partiyasi Sog’liqni saqlash vazirligiga topshirildi. Bundan tashqari, 2020-yil iyul oyida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida UzAuto tomonidan Volkswagen Caddy, ISUZU D-Max va Chevrolet Damas rusumli avtomashinalar bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari taqdim etildi.

“UzAuto” korxonalarida ishlab chiqarilayotgan barcha maxsus tibbiy yo’nalishdagi tehnikalar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlab kelmoqda.

1 061
image_pdfimage_print