You are currently viewing Universitet professor va muhandislari Turin Politexnika Universitetining (Italiya) xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.

Universitet professor va muhandislari Turin Politexnika Universitetining (Italiya) xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.

Joriy yilning 28-martidan 8-apreliga qadar, Turin Politexnika Universitetida (Italiya) ELBA loyihasi jamoalari, shu jumladan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.
Kurslarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining ELBA loyiha jamoasi nomidan universitet professor-o‘qituvchilari: prof.Qudratillo Fayazov, prof. O‘tkir Safarov, muhandislar Maxkam Qayumov va Azizjon Qobilov, hamda loyiha rahbari Mansur Asranov ishtirok etmoqda.
O‘quv kurslari ELBA loyihasining Yevropa koordinatorlaridan biri, Turin Politexnika Universiteti (Italiya) professori, prof. Roberto Fontana rahbarligida joriy yilning 28 mart kuni boshlandi.

Kurslar 10 kun davomida quyidagi uchta modul bo’yicha o’tkaziladi:

  • ma’lumotlar fanida statistik usullar (3 kun);
  • yirik masshtabli masalalar uchun hisoblash chiziqli algebra (6 kun);
  • Tajribalarni loyihalash (1 kun).

O‘quv kursini tamomlagandan so‘ng barcha ishtirokchilarga kursni tamomlaganlik va o‘quv materiallarini o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshiriladi.

TTPU
718
image_pdfimage_print