You are currently viewing “Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

18 Aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bo’lib o’tgan yigʻilishda Toshkent shahridagi “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasining yangi rahbari tanishtirildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tomonidan hozirgi kunga qadar “Italiyadagi O’zbekiston Yoshlari Assotsiyatsiyasi” prezidenti, O’zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Italiyadagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Maxamatxo’jayev Toirxo’ja Faxriddin o’g’li, “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasi boshqaruvchi menejeri sifatida tanishtirildi.

Yangi tayinlangan menejer oldiga “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini joriy yilning iyun oyida Italiyaning Turin shahrida bo’lib o’tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etishini ta’minlash ustuvor vazifa etib tayinlandi.

Ma’lumot o’rnida, “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasi 2019 yil 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika Universitetining o‘n yilligini nishonlash munosabati bilan ochilgan.

500
image_pdfimage_print