TTPU da yozgi amaliyot

TTPU da yozgi amaliyot

Bugungi kunga kelib, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 4-bosqich talabalari, o`z yo`nalishlari bo’yicha yozgi amaliyotga jalb qilinib kelinmoqda. Amaliyot dasturi talabalarning universitetda olgan nazariy bilim va ko`nikmalarini mustahkamlashga yordam bermoqda. TTPU ning boshqa universitetlardan farqi shundaki, amaliyot bo`yicha topshiriq va ishlar onlayn tarzda maxsus platforma orqali olib boriladi. O`quv rejaga ko’ra, agar talaba amaliyotni o`z vaqtida muvaffaqiyatli tamomlasa, 10 kredit ekvivalentini (ECTS) qo`lga kiritadi va Universitetni tamomlash uchun yo`llanmani oladi.

Maxsus platforma orqali korxona va tashkilot nomlari bilan shakllantirilgan tanlov bo`limi yaratilgan bo’lib, talaba o`zi tanlagan korxona yoki tashkilotga borishi “O`quv-uslubiy va ilmiy” bo`limi (Bo’lim) tomonidan ta’minlanadi.

Bo`lim tomonidan talabalar ro`yxati shakllantiriladi va maxsus platformaga joylashtiriladi. Har bir korxona va tashkilotga biriktirilgan talabalarni nazorat qilish uchun Tyutor tayinlanadi.

Talabalar amaliyot o`tash mobaynida quyidagi bosqichlardan o`tishlari zarur bo’ladi:

Birinchi bosqichda, amaliyot kundaliklarini maxsus platformaning “Summer Internship Journal” bo`limiga kirib, undagi amaliyot kundaliklarini elektron shaklini yuklab olishadi.

Amaliyot o`tash davrida talabalar ushbu kundalikni to`ldirib borishadi va bu amaliyot ishlari tyutorlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Talaba kundalikni to`ldirib bo`lgach, amaliyot o`tagan tashkilot yoki korxonaning muxri bilan tasdiqlangan shaklini polito.uz saytining tekshirish uchun maxsus bo`limiga yuklaydi.

Ikkinchi bosqichda, talaba amaliyot o`tash mobaynida o`rgangan bilimlarini 30 varoqdan iborat xisobot shaklida yozib, “Yakuniy xisobot” deb nomlangan saytning maxsus bo`limiga yuklaydi.

Uchinchi bosqichda, talaba amaliyot davrida bajargan ishlari haqida taqdimot tayyorlaydi va saytning maxsus “Prezentatsiya” deb nomlangan bo`limiga joylashtiradi.

Yuqorida sanab o`tilgan barcha topshiriqlar Bo’lim tomonidan biriktirilgan Universitetning professor-o`qituvchilari tomonidan tekshiriladi va 30 ballik shkalada baholanadi.

TTPU

Bo`lim tomonidan barcha bosqichlardan  muvaffaqiyatli o`tgan talabalarning ro`yxati shakllantiriladi. Ro`yxat platformada e’lon qilinadi va u asosida yakuniy imtihon tashkil etiladi. Bu imtihonda talaba tomonidan shakllantirilgan taqdimot, universitetning professor-o`qituvchilaridan tashkil topgan hay’at a’zolari oldida himoya qilinadi.

Yuqoridagi barcha sanab o`tilgan jarayonlar onlayn tarzda universitetning maxsus platformasi orqali olib boriladi va bu o`z navbatida o`qituvchilarga hamda, talabaga birdek qulaydir.

174
image_pdfimage_print