You are currently viewing 2023-yilda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

2023-yilda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorganrlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023-yilda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

Respublikamizda oxirgi marta aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga 30 yil boʻldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi.

Aholini roʻyxatga olish jarayoni uch bosqichni qamrab oladi. 

Birinchisi – tayyorgarlik bosqichi. Bu uch yilga yaqin vaqt davom etadi.

Bunda, aholini roʻyxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda aholini roʻyxatga olish bilan bogʻliq hujjatlar, jumladan, roʻyxatga olish varaqalari, roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilish metodologiyasini ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Ikkinchisi – asosiy bosqich 10 kundan 60 kungacha davrni oʻz ichiga oladi. Bunda bevosita aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi, yaʼni aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi, nazorat tekshiruvi oʻtkaziladi va roʻyxatga olish materiallari topshiriladi.

Uchinchi-bosqichda aholini roʻyxatga olishga doir birlamchi materiallarni maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi, olingan materiallar avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanib, birlamchi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan dasturlarga kiritish uchun kodlanadi, nazorat va tahrir qilinadi, aholini roʻyxatga olish boʻyicha dastlabki natijalar olinib, olingan natijalar eʼlon qilinadi va tarqatiladi. Mazkur boschiq 2 yildan 3 yilgacha boʻlgan davrda amalga oshiriladi.

Ruyxatga olishni tashkil etilishida asosan MDH davlatlaridan Belorussiya, Rossiya tajribalaridan foydalanildi. Aholini ruyxatga olish bir oy davom etsa, birlamchi natijalar 2024-yilda eʼlon kilinadi.

Ruyxatga olish jarayonida har bir roʻyxatga oluvchiga aholi punktining xaritasidan kelib chiqqan xolda  350-450 kishidan, borishi qiyin boʻlgan va olis hududlarda aholining soni oʻrtacha 250 nafardan taqsimot kilib beriladi. Roʻyxatga oluvchi 12 kun muddat ichida belgilangan aholini tasdiqlangan shakllar asosida uyma-uy yurgan holda ruyxatga olib chikadi. Olingan maʼlumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. Toʻldirilayotgan shakllarda har bir shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, turar joyning xususiyatlari, yaʼni yashash joyida mavjud qulayliklar, shu jumladan sanitariya-gigiyenik sharoitlar, uy xujaligi aʼzolari tomonidan uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan vositalar bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham olinadi.

Axolini roʻyxatga olishda birinchidan, aholi soni toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotga ega boʻlamiz, ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar, demografik holat, aholining jinsi, yoshi, millati boʻyicha maʼlumotlarni olamiz. Ushbu koʻrsatkichlar Iktisodiy rivojlanish dasturlari  belgilanishida yordam beradi.

Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha davlatlarida aholini ruyxatga olish ishlar olib borilmokda. Ushbu jarayonni muvofakkiyatli va toʻlaqonli bajarish bilan birgalikda respublikamizning har bir aholi punktlari boʻyicha yagona axborot bazasi yaratiladi.

Olmazor tumani Ro’yxatga olish bo’limi Muxammadjonov Mirxayotjon

519
image_pdfimage_print