You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida  xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrь oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chogʼida, universitetlar oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish zarurligi taʼkidlangan edi.

Bu borada, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreya Milliy Transport universiteti, hamda Koreya elektr muhandislari instituti bilan hamkorlikda ikki davlat oʼrtasida energetika va АKT sohasida ilgʼor xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish boʼyicha kelishuvga erishdi.

TTPU

Shu munosabat bilan, 2022 yil 10-13 avgust kunlari “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya (https://icef2022.org/) bo’lib o’tmoqda.

TTPU

Konferentsiya gibrid (offlayn va onlayn) shaklda boʼlib, Koreya, Italiya, Turkiya, Indiya, Pokiston kabi davlatlardan ishtirokchilar o’z prezentatsiyalari bilan qatnashmoqda.

Halqaro konferentsiya tashkilotchilari:

• Koreya Milliy Transport universiteti

• Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti,

• Koreya elektr muhandislari instituti

• Toshkent Аxborot texnologiyalari Universiteti

• Toshkent Davlat transport universiteti

TTPU

  Ushbu konferentsiya maqsadi muqobil energetika, transport va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-oʼqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sanaladi.

1 099
image_pdfimage_print