You are currently viewing TTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

TTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

TTPUning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi xodimlari Abdurakhim Nabijonov va Mukhammad-Bobur Zokhidovlar “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya tanlovida MAGISTRATURA ta’lim dasturi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

“Men o’qituvchilar oilasida tug’ilganman. Ilm-fan va texnika sohasidagi birinchi ustozim bo‘lgan otamdan juda minnatdorman. Yoshligimdan ilmiy mavzularni muhokama qilishga odatlanganmiz va ilmiy terminologiyani tushunish qiyin bo’lsada, otam doimo yordam berar edi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlab, aniq fanlar bo’yicha dars berishni boshladim. O‘sha davrda mamlakatning porloq kelajagini barpo etishga o‘z hissamni qo‘shishim mumkinligini angladim va yuqori malakali o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qildim. Hozirda, TTPUda o‘qishim davomida yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilardan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, muhim tajribalarni to‘plash orqali kafedrada yordamchi professor-o‘qituvchi (laborant) bo‘lib faoliyat yuritmoqdaman.

Endilikda men o’zimning akademik va ilmiy salohiyatimni kengaytirish maqsadida Italiyadagi Politecnico di Torino Universitetida oq’ishimni davom ettirmoqchiman. Chunki men, Mexatronika – avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot texnologiyalari bo’yicha magistratura yo’nalishiga muvaffaqiyatli tanlandim va “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindori bo’lishga muvaffaq bo’ldim” – deydi Abdurakhim Nabijonov.

Ikkinchi sovrindorimiz Mukhammad-Bobur Zokhidov, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetini 2020 yilda tamomlab, u ham hozirda universitetning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mukhammad-Bobur Zokhidov, Germaniya davlatidagi Dresden Texnika Universiteti (Technical University of Dresden) “Ilg’or hisoblash va qurilish muhandisligi strukturalarini o’rganish” (Advanced computational and civil engineering structural studies) fakultetiga magistratura bosqichiga o‘qishga kirib, “El-yurt umidi” jamg’armasidan grant olishga muvaffaq bo’ldi.

Ikkala sovrindorlarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

609
image_pdfimage_print