You are currently viewing BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

Joriy yilning 15-oktabrda TTPUda har yili o’tkaziladigan “Bitiruvchilar forumi” boʻlib oʻtdi.

Forum Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi universitet talabalari, bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘prik (aloqa) o‘rnatishdan iborat. Forumda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari, ular hayotida universitetning o‘rni, maqsadlariga erishish yo‘llari, Italiyadagi hayoti va o‘qishi hamda boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi.

TTPU


TTPU rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Italiyalik professorlar: O’zbek taʼlim loyihasi bo’yicha menejer -Anita Tobacco, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar boʻyicha mas’ul – Mishel Bonino, bitiruvchi va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ul -Karla Fabiana ham mazmunli nutq so‘zladi.


Bitiruvchilarimiz:
• Mirgulom Usmanov “BMB Trade Group” kompaniyasi bosh direktori,
• Toirkho’ja Maxamatov Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi presidenti, “Juventus Academy” ijrochi direktori
• Firdavs Nematzoda, Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
• Nodirjon Yusufov, Arduino Marketplace mutaxassisi talaba va bitiruvchilar bilan o’zlarining kasbiy va shaxsiy tajribalari bilan bo’lishdi.


Umid qilamizki, ushbu forum talabalarimiz uchun juda foydali bo’ldi, chunki ular bitiruvchilarimizdan aniq va kerakli maslahatlar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob olish imkoniga ega bo’lishdi.

TTPU
614
image_pdfimage_print