You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida quvvati 30 kVt bo‘lgan universitet kampusidagi sport majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

2022-yil 20-dekabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, davlat tashkilotlari, yirik sanoat obʼyektlari, aholi xonadonlari faoliyatini taʼminlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini tezkorlik bilan joriy etilishga chaqirildi.

Ta’lim muassasalarining “yashil energiya”ga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirish va mamlakatimizning uglerod neytralligiga erishishga hissa qo‘shish maqsadida, universitet hududida 2011 yildan ishga tushitilgan sport majmuasiga elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Quyosh stansiyasining maydoni 150 kv.m. va har biri 535 vatt quvvatga ega 58 ta quyosh panellaridan iborat. Ushbu tizimning avtomatik aqlli boshqaruvi Huawei invertori tomonidan ta’minlanib, u ob-havo sharoitiga qarab, 2400 kv.m sport majmuasining ichki ehtiyojlari uchun quyosh energiyasi ishlab chiqarishni avtomatik ravishda boshqara oladi. Stansiya tomonidan yiliga ishlab chiqariladigan elektr energiyasining o‘rtacha hajmi 44873 kVt/soatni tashkil etib, 25 yildan ortiq kutilayotgan xizmat muddati uchun stansiya 1 041 778 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir. Sport majmuasi va talabalar shaharchasidagi boshqa binolarning tomida joy mavjudligini hisobga olib, universitet fotoelektr stansiyasi quvvatini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda.

554
image_pdfimage_print