You are currently viewing Universitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Universitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning klub a’zolari tomonidan mutolaa qilingan “Alvido…bolalik” qissasi muhokama qilindi.

Tadbir boshida ishtirokchilarda adib to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi.

Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-prorektori Alisher Ashurovga berdi.

U “Alvido…bolalik” qissasida har doim muhim hisoblangan “tarbiya” masalasiga e’tibor qaratilganligi, asar qahramonlari ayni psixologik o‘tish davrida bo‘lgan o‘smirlar ekanligi va mana shu muhim paytda ularning tarbiyasiga e’tibor qaratilmaganligi sababli jinoyat olamining qaytib bo‘lmas olamiga kirib ketishganligini haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Asar muhokamasi juda qizg‘in va bahs-munozaralarga boy ko‘tarinki ruhda kechdi va unda eng faol ishtirok etib klub a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘lgan 1-bosqich talabasi Abdug‘afforova Madina esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar navbatdagi uchrashuvda buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hamda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahiriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlarni, ularning g‘azal va ruboiylarini mutolaa qilib muhokama qilishga kelishib olishdi.

333
image_pdfimage_print