You are currently viewing Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 14 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bilimdonlar bahsida Turin politexnika universitetining “Turin bilimdonlari” va “Orzu” jamoasi, “O‘zelektroapparat” AJning “Elektroapparat” “Uzavto-Inzi” QKning “O‘zinzi”, Chilonzor 1-son kasb xunar maktabining “Bilimdon” hamda “O‘zmetkombinat” AJning “Metallurglar” jamoasi ishtirok etishdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 20-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra “O‘zmetkombinat” AJning “Metallurglar” jamoasi Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni, Turin Politexnika Universitetining “Turin bilimdonlari” Toshkent shaxri yoshlari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishib, Respublika final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Tadbirda “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais o‘rinbosari Sh.Isroilov, Turin Politexnika Universiteti rektori J. Inoyatxo‘jayev va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi bo‘lim boshlig‘i D.Meliyevlar ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

405
image_pdfimage_print