You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oiladagi zo‘ravonlik sababi va ayanchli oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oiladagi zo‘ravonlik sababi va ayanchli oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko‘rsatish tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlariga barham berishga qaratilgan qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23 fevral kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, 3-bosqich talabalari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.A.Allamova,  Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik SH.M.Yusupov va psixolog SH.J.Jumaqulova ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.                             

         Seminar-treningni oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.S.Nabixanova ochib berib, mamlakatimizda zo‘ravonlikka qarshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shu jumladan so‘ngi oylardagi Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri S.SH.Mirziyoyevaning “Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutsionalizasiya qilish, mediada gender-ta’sirchan obrazlarni yaratish” mavzusida xalqaro konferensiyasi va unda ko‘zda tutilgan chora tadbirlar va himoya orderi haqida so‘z yuritdi.

           Seminar-treningda so‘zga chiqqan “Psixomed” psixologik markazi amaliyotchi psixologi J.SH.Jumaqulova zo‘ravonlik turlari, oiladagi zo‘ravonlikka moyil insonlar, ular tanlaydigan qurbonlar psixologiyasi, tazyiq sabablari haqida turli hil misollar keltirib o‘tdi.

Seminar davomida amaliyotchi psixolog, zo‘ravonlik va tazyiq ostida yashayotgan oilalarda zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan ayollar, erkaklar, bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslar haqida, shuningdek bu vaziyatdan chiqish, sog’lom munosabat paydo qilish, kelishish yo‘llarini psixologik nuqtai-nazaridan yoritib berdi.

253
image_pdfimage_print