You are currently viewing “Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari soxasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,
1) “KIBЕRXAVFSIZLIK” va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish mumkinligi, o‘zimizda unga qarshi immunitetni shakllantirishimiz zarurligi xaqida so‘z bordi.
2) Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash
3) Korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurash
4) Jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurash mavzularida so‘z yuritdilar.
Qizg‘in davom etgan davra suhbatida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

320
image_pdfimage_print