You are currently viewing Тalabalar bahori-2023

Тalabalar bahori-2023

Joriy yilning 27 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida an’anaviy “Talabalar bahori – 2023” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad universitetda talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy va madaniy saviyasini boyitish, sport, san’at, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada yuksaltirish sanaladi.
Tadbir doirasida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida universitetda tashkil etilgan shaxmat, basketbol, stol tennis musobaqa g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayramona dastur doirasida, mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea – referendum to‘g‘risida, ma’lumot berildi va talabalar o‘rtasida viktorina o‘tkazildi.

370
image_pdfimage_print