You are currently viewing O’zbekistonning qator universitetlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik a’loqalarini rivojlantirmoqda

O’zbekistonning qator universitetlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik a’loqalarini rivojlantirmoqda

Joriy yilning 23 may kuni, O’zbekistonning bir qator universitet rektorlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaev, Farg‘ona Politexnika instituti rektori O’ktam Salomov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Janbay Turkyilmazlar Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko bilan o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida muzokaralar olib bordilar.

Muzokaralar natijasida Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev hamda Farg’ona politexnika instituti rektori O’ktam Salomovlar tomonidan o’zaro qo’shma ta’lim dasturi tashkil etish bo’yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Shuningdek Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini ham imzoladi.

Uchrashuv doirasida Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan birgalikda PhD dasturlarini joriy qilish, professor-o’qituvchilarni o’qitish metodologiyasini o’rgatish, muhandis xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish  maqsadida malaka oshirish (Kompetensiya) markazini ochish, shuningdek tashrif buyurgan universitetlarda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” bakalavr yo’nalishini rivojlantirish hamda “2+2” qo’shma ta’lim dasturlarini joriy qilishga kelishib olindi.

514
image_pdfimage_print