You are currently viewing TTPUda talaba-yoshlar o’rtasida o’quv-ma’rifiy tadbir

TTPUda talaba-yoshlar o’rtasida o’quv-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 27 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o’rtasida “Ma’rifatli yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” nomli o’quv-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘quv-ma’rifiy tadbirning kun tartibidagi belgilangan masalar yuzasidan universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, bugungi rivojlangan globallashuv va axborot almashinuvi davrida odam savdosi, giyohvandlik, diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligi nafaqat yurtimiz jamoatchiligi, balki jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqdaligini aytib o‘tdi.  

Shunday murakkab globallashuv jarayonida yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siridan asrash jamiyatimiz, nafaqat ziyolilar balki har bir insonning ongli ravishda yondashadigan va oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.  

Ushbu masalalarni yoritib berish uchun so’z O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi  katta o’qituvchisi S.S.Saidjalolovga berildi. Ular o’z ma’ruzalarida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlar va millatlararo munosabatlarni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladilar. Hozirgi kunda diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan tarqatilayotgan g‘oyalarning jamiyatimiz tinchligi va xavfsizligiga solayotgan tahdidlarni bartaraf etish yo’lida O’zbekiston Respublikasi Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan yoshlar o’rtasida keng qamrovda diniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani haqida so’zlab o’tdilar.

Shuningdek, S.Saidjalolov ma’ruzalari davomida yoshlarni turli illatlar, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga qarshi kurashish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga barcha ishtirokchilarning e’tiborini qaratdilar. Chunki, milliy ma’naviyatimizga, mentalitetimizga yot g‘oyalar, shavfqatsizlikni targ‘ib etuvchi ma’lumotlar yoshlarimizning ongini zaharlamoqda. Jumladan, yoshlarga qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlar, ularning jirkanch maqsadlari haqida hayotiy misollar asosida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash uchun har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, yoshlarimiz faol va fidoyi bo‘lishlari, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib kamol topishlari muhim ekanligi alohida qayd etildi.  

391
image_pdfimage_print