You are currently viewing TTPUda “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

TTPUda “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2023-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Turin politexnika universiteti talabalariga “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash ” mavzusida   tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent shahar Turin politexnika universiteti 1-bosqich talabalari jalb etildi. Tadbir Respublika miqyosida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari haqida olingan videorolikni qo‘yib berishdan boshlandi.

Shundan so‘ng so‘zga Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig`i podpolkovnik Q.P.Xudoyberganov chiqib, hozirgi kunnning eng dolzarb masalalaridan biri bu yo‘llarda yo`l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish ekanligi, shu boisdan YHX xodimlari tomonidan ta’lim va tarbiya maskanlarida o`sib kelayotgan yosh avlodlarga targ`ibot tadbirlarini doimiy o’tkazib kelayotganliklarini, o`quvchilar yo`llarda yo piyoda, yo haydovchi yoki yo`lovchi bolib harakat qilsinlar doim yo`l harakati qoidalariga amal qilishlari lozimligini aytib o`tdi. Yo`l harakati qoidalarini buzish holatlari ko`pincha tezlikni oshirish yoki voyaga yetmagan fuqarolarning o`zboshimchalik bilan transport vositalarini boshqarishi natijasida kelib chiqayotganligini aytib o`tdilar. Shu sababli joylarda tegishli reyd tadbirlari o`tkazilayotganligini OAV orqali kun-u tun yoritib fuqarolarga yetkazib borayotganligini tushuntirib o`tdilar.

Shundan so`ng so`zga Olmazor tumani 4-son IIB HPB katta profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.N.Yusupov o’quvchi-talabalarga barcha talabalar avtotransport vositalarini boshqarayotganlarida yo`l-harakati qoidalariga amal qilgan holatda boshqarishlari lozimligini aytib o’tdi.

Axborot xizmati xodimi kichik serjant O.T.Bozorov talabalarga aholi gavjum joylarda, katta yo`l trassalarida belgilangan harakatlanish joylaridan, ya’ni piyodalar yo`laklari, tunellardan, ko`tarma ko`priklardan o`tish kerakligi. Erinchoqlik oqibatida turli salbiy holatlar qurboniga aylanib qolmasliklarini, piyodalar yo`laklaridan o`tayotganda uyali aloqa vositalaridan, naushnik va boshqa chalg`ituvchi buyumlardan foydalanish ta’qiqlanishi, foydalanilsa YHX xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi to`g`risida ogohlantirib o`tdilar. Bundan tashqari avtotransport vositalarini boshqarishdan avval avtotransport vositalarining texnik holatidan xabardor bo’lishlari kerakligini aytib o`tdilar.

Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova yo`llarda harakatlanish vaqtida hushyorlikka amal qilishlari, bir oz vaqt hushyorlikni yo`qotib yo`l transport hodisasi qurboniga aylanib qolmasliklarini, yo`l belgilariga amal qilgan holda belgilanmagan joylardan yo`llarni kesib o`tmasliklarini, o`zlari bilgan qoidalarni atrofdagilarga ham targ`ib qilishlari lozimligini, o`z shaxsiy avtomobillarini boshqarishda ham kamarlarni taqib tezlikni oshirmagan holda o`z hayotlarini xavfga qo`ymasliklarini tushuntirib o`tdilar.

Ma’ruza so`nggida talalabalarga mavzu yuzasidan o`zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib yakunlandi va tyutorlar ichki tartib-qoidalarga barcha talabalar bo`ysunishi kerakligini aytib yig`ilishga yakun yasaldi.

1 354
image_pdfimage_print