You are currently viewing Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi

Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi

*️Yangi Oʼzbekistonning 2022 – 2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʼyicha faoliyat koʼrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy-matematik fanlar kafedrasi mudiri Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi.

👏Ustozni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! ilm-fan rivoji yo’lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!

1 258
image_pdfimage_print