You are currently viewing Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, respublikamizning 7 ta va Yevropaning Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning quyidagi qator masalalar muhokama etildi:
– Yangi bakalavr dasturlarini ishlab chiqish
– Innovatsion laboratoriyalarni yaratish
– Loyiha barqarorligini ta’minlash
– Sifat nazorati va monitoring
– Loyihaning kommunikatsiyasi, yangiliklari va imiji
– Moliyaviy boshqaruvdagi muammolar.

Manba: Axborot xizmati

930
image_pdfimage_print