You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

Ishtirok etish shartlari:

1. Abituriyent universitet bilan o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan bo‘lishi;

2. Eng kamida shartnomada belgilangan kontrakt summasining 25%ini to‘lagan bo‘lishi kerak.

Sovrinlar:

100%lik grant (Shartnoma summasidan 100% chegirma)kirish imtixonida 50dan 80 ballgacha to‘plagan abituriyentlar orasida
50%lik grant (Shartnoma summasidan 50% chegirma)kirish imtixonida 25dan 50 ballgacha to‘plagan abituriyentlar orasida

o‘ynaladi.

O‘tkazilish shartlari va muddatlari:

Sovrinli o‘yin bir oyda bir martta o‘tkaziladi. Sovrinli o‘yinda qatnashib, g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar keying oylarda o‘ynaladigan sovrinli o‘yinlarda o‘zlarining imkoniyatlarini saqlab qoladilar. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qayta ishtirok eta olmaydilar.

Sovrinli o‘yin o‘tkazilish kunlari:

105.07.2024
203.08.2024
307.09.2024
404.10.2024

Har oyda bo‘lib o‘tadigan sovrinli o‘yin o‘tkazish kunlari universitetning rasmiy web-sayti hamda universitet mas’ul xodimlari tomonidan har oyning so‘ngida ishtirok etish shartlarini bajargan abituriyentlarga telefon qo‘ng‘iroq orqali ma’lum qilinadi.

*Sovrinli o‘yin universitet tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek universitetga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.

G‘olib ishtirokchini aniqlash:

G‘olibni aniqlash tartib raqamlarni tasodifiy aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

G‘olib jonli efirda aniqlanadi.

260
image_pdfimage_print