You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “AgroTech Klaster” MCHJ o’rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “AgroTech Klaster” MCHJ o’rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi

Davlat rahbari raisiligida “Muxandislik sohalarida kadrlarni tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan o’tkazilgan videoselektorda ilgari surilgan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti vakillari Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri – “AgroTech Klaster” ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Universitet vakillari tomonidan korxona hodimlari uchun universitet faoliyati bilan tanishtirilib, magistratura va bakalavr yo‘nalishlari to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Tadbir so’ngida “AgroTech Klaster” bosh direktori Azizbek Muhitdinov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi hamda muhandislik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan:

  • “AgroTech Klaster” da “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injineringi” kafedrasining filialini tashkil etish va uni eng zamonaviy mashinalar, ishlov berish texnologiyalari joriy qilingan dastgoh va uskunalar namunalari bilan jihozlash;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar asosida kurs loyihalari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini korxona bosh mutaxassislari ishtirokida ko‘rib chiqish va ularning takliflari asosida shakllantirish.
  • Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
  • “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injineringi” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini “AgroTech Klaster” stajirovkaga yuborish kabi muhim masalalar bo‘yicha kelishib olinib, ushbu yo’nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
85
image_pdfimage_print