You are currently viewing O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’shgan munosib ishchilar va yosh faollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va rag’batlantirishga, ularning mehnatiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga, yosh mutaxassislarning iste’dodi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, shuningdek xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik!” shiori ostida 2019 yil yakunlari e’lon qilindi. Unda tantanali ravishda bir nechta toifalarda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. “Eng faol yosh ishchi kasb egasi”, “Eng namunali boshlang’ich tashkilot”, “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasi sohibi” va boshqa nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarga maxsus sovg’alar topshirildi.

Bu yil mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlarining 14 ta faol va iqtidorli talabalari “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendianti” nominatsiyasida g’olib bo’lishdilar.
Tanlov natijalariga ko’ra Kasaba uyushmalari Federatsiyasi stipendiatlaridan biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 3-kurs talabasi Ishmuxamedov Xurshid bo’ldi. Laureat har oyda olinadigan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan maxsus stipendiya bilan taqdirlanadi.

Laureatimiz Ishmuxamedov Xurshidni tabriklaymiz va unga o’qishlarida va oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

1 030
image_pdfimage_print