You are currently viewing «O‘zavtosanoat» kompaniyasi mutaxassislari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan koronavirus pandemiyasiga karshi kurashda innovatsion yechim

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi mutaxassislari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan koronavirus pandemiyasiga karshi kurashda innovatsion yechim

Bugungi kunda butun dunyoda avj olayotgan koronavirus pandemiyasi davrida sifatli tibbiy xizmat, xususan zamonaviy yuqori aniqlikdagi sifatli tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj oshib bormoqda.

O‘z navbatida, yurtimizda ham zamonaviy, jaxon standartlaridagi tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj tobora ortib bormoqda.

Jumladan, kasallik og‘ir kechayotgan bemorlarni xayotini saqlab qolishda o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash (O‘SV) apparatining o‘rni juda muxum.

Shu sababli koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston tomonidan xorijiy davlatlarning O‘SV apparatlari va test-sistemalari muntazam sotib olinmoqda. Xorijdan sotib olinayotgan bunday tibbiyot uskunalari juda katta mablag‘ni talab etadi. Xususan, Osiyo tarraqiyot banki va Jahon banki tomonidan O‘SV apparatlarini sotib olish uchun 30 million dollar ajratildi.

Butun dunyo tibbiyot xodimlari ushbu kassalik bilan kurashayotgan bir davrda bizning olimlarimiz xam chetda qarab turishgani yo‘q.

Yurtimiz sharoyitidan kelib chiqqan xolda tibbiy uskunalarga bo‘lgan extiyojni qondirish va ularga bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi mutaxassislari hamda Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti talabalari birgalikda o‘pkani suniy ventilyasiyalash apparati prototipini yaratishdi.

Apparat texnik xarakteristikalari jahon standartlariga to‘liq javob beradi, kislorod, bosim, namlik va xarorat darajasi sensorlarini o‘z ichiga oladi, bu ko‘rsatkichlar uskuna xotirasida saqlanib qoladi. Shuningdek, mazkur O‘SV apparatida tozalash tizimi mavjud bo‘lib, ishlangan xavo fil’tr orqali o‘tadi, uni almashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Apparatning yana bir afzalligi uning uzluksiz elektr quvvati manbai bilan jixozlanganligi. Bu apparatnig kamida 7-8 soat uzluksiz ishlashini taminlaydi.

To‘liq o‘zimizda prototipi ishlab chiqilgan mazkur O‘SV apparati tannarxining xorijiy davlatlarning shu kabi uskunalari bilan solishtirganda bir necha barobar arzonligi uning yana bir yutug‘idir.

Shu o‘rinda, shunday og‘ir davrda yurtimizda kasallikni yengib o‘tishda va shifokorlarimizga qulayliklar yaratish va yordam berishda bu kabi ishlanmalar o‘z samarasini beradi degan umiddamiz.

1 078
image_pdfimage_print