CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ochilish marosimi

  • Post category:Yangiliklar

Odatda, CONFINDUSTRIA nomi bilan mashhur bo'lgan Italiya sanoatining umumiy konfederatsiyasi - Italiya ish beruvchilar federatsiyasi va Milliy savdo palatasidir. Uning asosiy maqsadi - besh millionga yaqin jismoniy shaxslarga va yuz mingdan ziyod a'zo kompaniyalarga Yevropa qit'asida biznes yuritishda yordam berish orqali iqtisodiy o'sishni rivojlantirishdir. CONFINDUSTRIA ning Yevropa mamlakatlarida 15 vakili mavjud va O'zbekiston CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN savdo belgisi bilan 16-o'rinni egallab turibdi. 2021-yil 11-mart kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o'z kampusida CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ochilish marosimini o'tkazdi. Italiya Respublikasining O'zbekistondagi elchisi Agostino Pinna va Confindustria Uzbekistan prezidenti Luka Pikasso qizil tasmani kesib, CONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ni ochiq deb e'lon qildilar. Universitetning anjumanlar…

Continue ReadingCONFINDUSTRIA UZBEKISTAN ochilish marosimi

TTPU da kurash sport turi bo’yicha “Rektor Kubogi” musobaqalari o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

🤼‍♂️Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari va TTPU xuzuridagi akademik litsey o'quvchilari o'rtasida kurash bo'yicha "Rektor Kubogi" musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqa doirasida turli vazn toifasidagi 14 nafar ishtirokchilar bellashdilar. G'olib bo'lgan talaba-o'quvchilar universitet rektori tomonidan tantanali ravishda medal va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 🏆Endilikda, 2 nafar universitet talabalari - Shamsiddinov Xursav and Xalilov Sardorbek - bugun 10-mart kuni Toshkent Davlat Yuridik Universitetida bo’lib o’tadigan OTM lararo kurash musobaqasida universitet nomidan qatnashadilar. Keling ularni qo’llab-quvvatlaylik!✊✊✊ https://youtu.be/nHOHFdTchqM

Continue ReadingTTPU da kurash sport turi bo’yicha “Rektor Kubogi” musobaqalari o’tkazildi.

Rektorning navbatdagi uchrashuvi 2-kurs (the First Level) talabalari bilan bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Kuni kecha TTPU da rektorning 2-kurs talabalari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Konferensiya zaliga kirishda talabalarga rektor nomidan sovg'alar topshirildi. Uchrashuv davomida ma'muriyat va talabalar o'rtasida suhbat bo'lib o'tdi. O'qish jarayoniga bog'liq va bog'liq bo'lmagan masalalar bo'yicha ko'plab savollar muhokama qilindi. Umid qilamizki, ushbu uchrashuv talabalar uchun ajoyib motivatsiya va universitetni yanada rivojlantirish uchun yana bir qadam bo'ldi. https://youtu.be/n7vYKuv-k5w

Continue ReadingRektorning navbatdagi uchrashuvi 2-kurs (the First Level) talabalari bilan bo’lib o’tdi

“Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held!

❗️❗️❗️Announcement❗️❗️❗️ A scientific seminar on the topic “Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held! 📅Date and time: February 19, 2021 at 15.00 📌Location: Meeting room at 2nd floor of the Administrative Building. 👨‍🏫Speaker: Yokubov BakhtiyorControl and Computer Engineering Department, TTPU Everyone is welcome! 📌Abstract: Blockchain technology, a form of Distributed Ledger Technology, has been gaining enormous attention in areas beyond its cryptocurrency roots since more or less 2014: blockchain and the Internet of Things (IoT), blockchain and cybersecurity, blockchain and finance, blockchain and logistics, you name it. In this seminar we look at the…

Continue Reading“Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held!

TTPU maktablar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga biriktirilgan 14, 78, 129, 203, 312 va 196-sonli maktablarning 5-sinf o'quvchilari o'rtasida "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi o'tkazildi. 196-maktabda o'tkazilgan ushbu musobaqada o'quvchilar bir nechta shartlar bo'yicha bellashdilar va 196-maktab a'zolari faxrli birinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Tadbir yakunida g'olib bolgan ishtirokchilarga va barcha qatnashchilarga universitet tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari topshirildi. Musobaqadan qiziqarli lavhalarni quyidagi video orqali ko'rishingiz mumkin! https://youtu.be/cInV3xc-9r4

Continue ReadingTTPU maktablar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazdi.

TTPU talabalari kibersport finalida so’vrindorlar qatoriga kirishdi!

  • Post category:Yangiliklar

Kecha, 31-yanvar kuni Yoshlar ijod saroyida, University of Cyber Cup final o'yinida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari Dota-2 o'yinida 2-o'rinni egallashdi va 10 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. G'olib talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz! https://youtu.be/sVN5R3voWt4

Continue ReadingTTPU talabalari kibersport finalida so’vrindorlar qatoriga kirishdi!

O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

  • Post category:Yangiliklar

Tashrif davomida mehmonlar Universitetning butun tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishdilar. Mehmonlar o'quv binosi, laboratoriyalar, sport markazi, mexatronika markazi, texnopark, butun campus va universitet talabalari va o'qituvchilari uchun yaratilgan binolarni tomosha qildilar. Bundan tashqari, mehmonlar avtosalondan obkeltirilgan yangi elektroavtomobillarini boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Campus bo'ylab sayohatdan so'ng Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti a'zolari Universitet faoliyati ma'ruza qildilar va zamonaviy elektromobillarning tuzilishi va asosiy elementlari, ularning ishlash prinsiplari to'grisida mashg'ulot o'tildi . Tashrif mehmonlarda Universitetga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi. https://youtu.be/7kusk7mrEN8

Continue ReadingO’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

TTPU da uning qoshidagi Akademik Litsey o‘quvchilari uchun «Rektor soati» o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Yig‘ilishda 250 ga yaqin bitiruvchi bosqich o‘quvchilari qatnashdi. Suhbat davomida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti dotsenti M. Z. Turg‘unov Materialshunoslik bo‘yicha master klass o‘tdilar. So‘ng, universitet Rektori Inoyatxodjaev J. Sh., Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha 1-prorektor Karimov A. A. va universitet Marketing bo‘lim boshlig‘i Djo‘raev O. M. universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, mavjud fakultetlar, o‘qishga qabul qilish tartibi, universitetda yaratilayotgan ixtirolar, yaratilgan imkoniyatlar, universitet erishgan yutuqlari to‘g‘risida barcha ma'lumotlarni berib o‘tishdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. O‘ylaymiz-ki, ushbu uchrashuv litsey o‘quvchilari uchun universitet faoliyati bilan tanishishga va litsey faoliyatini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.…

Continue ReadingTTPU da uning qoshidagi Akademik Litsey o‘quvchilari uchun «Rektor soati» o‘tkazildi.

TTPU da kibersport bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Universitetda TTPU kibersport jamoasi shakllantirildi, u universitetlararo ligada ishtirok etadi. Tanlov 23 va 24-yanvar kunlari onlayn va final uchrashuvi 30 va 31-yanvar kunlari oflayn tarzda o'tkaziladi. O'yin mashg'ulotlari uchun universitetda 5 ta kompyuter bilan jihozlangan maxsus xona ajratildi. Sovrin jamg'armasi 100 000 000 so'mni tashkil etadi. Jamoamizga omad tilab qolamiz! https://youtu.be/ifz9oH_xdpE

Continue ReadingTTPU da kibersport bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

196-maktab o’quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga sayohat uyushtirildi.

Shu kunlarda 196-maktab o'quvchilari universitetimizga tashrif buyurishdi. Maktab o'qituvchilari boshchiligidagi bu o'quvchilar universitetimiz binosini, undagi shart-sharoitlarni va albatta dars jarayonlarini qay tarzda olib borilishini yaqqol guvohi bo'lishdi. Bu ularda universitetimizga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqni yanada oshirdi degan umiddamiz. Ushbu sayohat mobaynida o'quvchilar o'z oldilariga kelajakda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabasi bo'lish kabi maqsad qo'yishgan bo'lsa ajab emas.Ularga oldilariga qo'ygan maqsadlariga erishishda va talaba bo'lishdek sharafga ega bo'lishligida omad va zafarlar tilaymiz. Ushbu sayohatni o'tkazishda bizga faol ko'maklashgan universitet volontyorlariga katta rahmat! https://youtu.be/USNYrFq09Hk

Continue Reading196-maktab o’quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga sayohat uyushtirildi.

TTPU maktablar bilan kelishuv memorandumi imzoladi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta'lim muassasalariga o‘rta ta'lim maktablarini biriktirish va ularning ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari B. A. Musaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti unga biriktirilgan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 312, 78, 14, 203, 129-sonli o‘rta maktablari bilan kelishuv memorandumi imzoladi, hamda Olmazor tumanidagi 196-sonli o‘rta ta'lim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik konsepsiyasi ishlab chiqildi. ✅Endilikda TTPU tajribasi asosida ushbu maktablar faoliyati…

Continue ReadingTTPU maktablar bilan kelishuv memorandumi imzoladi

TTPUda doktorantlar ilk bor ilmiy ishlarini ommaga namoyish qilishdi!

  • Post category:Yangiliklar

👨‍🏫Universitetimiz kutubxonasida o'tkazilgan namoyishda bo'lajak fan doktorlari o'z ilmiy ishlarini o'z hamkasblari, universitet professorlari, talabalari va xodimlariga taqdim etishdi. Ilmiy ishlar hay'at a'zolari tomonidan baholandi. Ushbu ko'rgazma mashinasozlik va qurilish muhandisligiga qiziqqan barchaga ko'proq ma'lumot olish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. 📌Ilmiy ishlar namoyishi muvaffaqiyatli o'tganini hisobga olgan holda, shu kabi ilmiy ishlar ko‘rgazmalarini universitetimizda har chorakda o‘tkazishni rejalashtirayapmiz. https://youtu.be/URxn6V1As3M

Continue ReadingTTPUda doktorantlar ilk bor ilmiy ishlarini ommaga namoyish qilishdi!

Yangi Yilingiz bilan!

  • Post category:Yangiliklar

Azizlar! Bu yil hammamiz uchun ham oson bo'lmadi … Ammo shu bilan birga baxtli lahzalar ham ko'p bo'ldi. Bu yil biz oilamizga ko'proq vaqt ajratishga, o'zimizning va barcha yaqinlarimizning sog'lig'iga ko'proq g'amxo'rlik qilishga muvaffaq bo'ldik! Ba'zi bir ishlarimizni to'xtatishga, ba'zilarini esa onlayn o’tkazishga to’g’ri keldi.Ammo birlashish orqali biz koronavirus ustidan deyarli g'alabaga erishdik! Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bizning talabalarimiz hamda ishchi-xodimlarimiz ham mazkur muvafaqqiyatda o’pkani sun’iy ventilliyatsiya qilish apparati ixtirosi va Volkswagen tez tibbiy yordam mashinalarini barcha zaruriy jihozlar bilan jihozlash jarayonidagi ishtiroki bilan o’z hissalarini qo’shdilar. O'z loyihalari ustida ishlashda davom etib universitet nomidan turli tanlovlarda qatnashib, faxrli o'rinlarni…

Continue ReadingYangi Yilingiz bilan!

TTPU Litsenziyaga ega bo’ldi.

  • Post category:Yangiliklar

Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarildi. Tizimlarni raqamlashtirish esa ruhsatnoma olish jarayonini soddalashtirilishiga, keraksiz hujjatlarning talab qilinishini minimallashtirishga va eng asosiysi sarflanadigan vaqt va pulning tejalishiga imkon berdi. Bugungi kunga qadar o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-sonli qarori asosida amalga oshirib kelayotgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti boshqa nodavlat ta'lim muassasalari qatorida oliy ta'lim sohasida ta'lim faoliyatini olib borish uchun Litsenziyaga ega bo'ldi. Vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ushbu hujjat Universitetning mashinasozlik, avtomobilsozlik, axborot tizimlari, qurilish va arxitektura sohalarida oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini…

Continue ReadingTTPU Litsenziyaga ega bo’ldi.

Talabalarimiz “Students Cup” tanlovi va TECHNOWAYS marafonida g’olib bo’lishdi.

  • Post category:Yangiliklar

🏆IT Park tomonidan talabalar o'rtasida tadbirkorlikni va startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Students Cup” tanlovida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalaridan tashkil topgan "NovaRobotics" jamoasi o'zining "NovaAssistant" loyihasi bilan birinchi sovrinli o'rinni egalladi va 15 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻldi. 🏆Bundan tashqari, ushbu jamoa O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan tashkil etilgan TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafonida o'zlarining NovaMini loyihasi bilan qatnashib, birinchi o’rinni egalladi va 30 million so’m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo’ldi. 🎉Iqtidorli talabalarimizni ushbu g'alaba bilan muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida katta zafarlar tilab qolamiz! 👏Talabalarimiz - faxrimiz! https://youtu.be/G9B6Z2oF33Q

Continue ReadingTalabalarimiz “Students Cup” tanlovi va TECHNOWAYS marafonida g’olib bo’lishdi.

“Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati” mavzusida onlayn suhbat o’tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida ZOOM platformasi orqali "Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati" mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati mehmoni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining gender masalalari bo‘yicha milliy ekspert, Fuqarolik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash markazining gender va gender zo‘ravonlik bo‘yicha dasturining trener-konsultanti, psixolog, zo‘ravonlik muammosi bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega, Rossiya va Turkiyada malaka oshirgan Irmatova V. va Olmazor tumani IIO FMB XKMB katta inspektori podpolkovnik Matchanova O. bo'lishdi. Suhbat davomida hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan ayollarga bo'lgan munosabatlar, tazyiqlar va zo'ravonliklar haqida ta'kidlab o'tildi. Shu bilan bir qatorda zo'ravonliklar oldi olinishiga…

Continue Reading“Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati” mavzusida onlayn suhbat o’tkazildi.

🏆O’zbekiston Xalqaro Taqsimlangan Fizika Olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

  • Post category:Yangiliklar

📚7-15 dekabr kunlari Xalqaro ttaqsimlangan Fizika Olimpiadasi (The International Distributed Physics Olympiad, IdPhO) masofaviy tarzda bo‘lib o‘tdi. Jahonning 57 ta mamlakatidan 285 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur olimpiadada IPHO-2020 uchun saralangan milliy terma jamoa a'zolari ishtirok etdilar. 👨‍🏫Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o‘qituvchisi Doniyor Babajanov terma jamoa rahbari sifatida o‘quvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilib, ularni mazkur xalqaro olimpiadaga tayyorladi. 🥉Mazkur olimpiadada O‘zbekiston sharafini besh nafar iqtidorli o‘quvchi himoya qildi. Jamoamiz a'zosi Rail Xashaev faxrli 3-o'rinni egallab, bronza medali sohibi bo'ldi. Bronza medali O'zbekiston ahliga muborak bo'lsin!

Continue Reading🏆O’zbekiston Xalqaro Taqsimlangan Fizika Olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

TTPU da “Qizlar ijod kechasi” bo’lib o’tdi

Yurtboshimiz tomonlaridan ta'kidlanayotgan masalalardan biri bu xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ko'nikmalarini oshirish va ish bilan ta'minlashga qaratilgan chora tadbirlar va dasturlardir. Hozirda aynan shu mavzu oldimizga qo'ygan ulug'vor maqsadlarimizdan biri desak yanglishmagan bo'lamiz. Bunga 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan o'tkazilgan ijodiy kecha yaqqol misol bo'la oladi. Ijodiy kechada Universitetimiz va uning qoshidagi akademik litseyning talaba qizlari o'z iqtidorlarini yuksak darajada namoyon etdilar. Qizlar tomonidan she’rlar, kuy va qo’shiqlar ijro etildi hamda biserda yasalgan qo’l mehnati namunalari va foto ko’rgazmalar namoyish etildi. Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan P. Benkov nomli san'at maktabi katta o'qituvchisi o’z…

Continue ReadingTTPU da “Qizlar ijod kechasi” bo’lib o’tdi
image_pdfimage_print