O’zbek tili qanday paydo bo’lgani va qanday rivojlangani haqida bilasizmi?

  • Post category:Yangiliklar

O'zbek tilining paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi uning ona tilida so'zlashuvchilarning tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. O‘zbek xalqi kabi bir millatning paydo bo‘lishi turkiy va eron tillarini birlashtiruvchi bir qator etnik guruhlarning birlashishi bilan bog‘liq edi. Buni orasida katta farq bo’lgan o‘zbek lahjasidagi dialektlarning ko‘pligidan bilish mumkin. O'zbek tilining rivojlanish tarixini uch bosqichga bo'lish mumkin: qadimgi turkiy, qadimgi o'zbek va zamonaviy o’zbek tili davrlari. Qadimgi turkiy til Ushbu bosqich V-XI asrlarga tegishli. Turklar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon qirg'oqlari bo'ylab hind-eron qabilalari aholisini asta-sekin chiqarib yuborishgan. Aloqa vositasi qadimgi turkiy til bo'lib, uning asosida keyinchalik ko'plab Osiyo tillari paydo bo'lgan. Bugungi kunda…

Continue ReadingO’zbek tili qanday paydo bo’lgani va qanday rivojlangani haqida bilasizmi?

TISS Inkubatsiya Markazi yangi imkoniyatlar yaratmoqda!

  • Post category:E'lonlar

IT sohasida innovatsion g'oyangiz yoki startap loyihangiz bormi? Ammo loyihangizni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Demak, bu yangilik siz uchun! Aziz Universitetimiz talabalari! Biz IT Park bilan birgalikda Universitetimizda inkubatsiya markazining tantanali ochilishini e'lon qilamiz. Siz nima olasiz: ✅ Boshlang'ich amaliyotchilarni o'qitish dasturi yuqori malakali mutaxassislardan maslahat va kuzatuv ✅ Startap tadbirlarida qatnashish va sovg'alar olish imkoniyati ✅ Loyihangizga sarmoya jalb qilish ✅ Davra suhbatlari, seminarlar va konferentsiyalar ✅ Universitet va IT Park ko'magi bilan o'z loyihangizni amalga oshirish imkoniyati 🚀Va boshqa imkoniyatlar haqida bizning ochilishimizda bilib olishingiz mumkin! Tez orada ochilish marosimi bo'lib o'tadi! 🖥 Website Tiss - Incubation center…

Continue ReadingTISS Inkubatsiya Markazi yangi imkoniyatlar yaratmoqda!

AQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti Qabul Komissiyasi bilan “2+2” va “1+1” dasturlari haqida videokonferentsiya bo’lib o’tadi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari! Barchangizni Pitsburg Davlat Universiteti (AQSh) Qabul Komissiyasi bilan bo'lib o'tadigan videokonferentsiyaga taklif etamiz. Videokonferentsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Green Hall zalida joriy yilning 2-noyabr kuni soat 18:30 da o'tkaziladi. Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/sMnxKQpbEo3ZqHwM7 TTPU Xalqaro aloqalar bo'limi, 503-xona Ish vaqti: seshanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 18.00 gacha Telefon raqami: 71 246-30-67   https://youtu.be/4OyQwpcbe6E

Continue ReadingAQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti Qabul Komissiyasi bilan “2+2” va “1+1” dasturlari haqida videokonferentsiya bo’lib o’tadi!

Toshkent 24TV: Ixtirochi yoshlar – kelajak tayanchi!

  • Post category:Yangiliklar

Hammaga salom! Toshkent 24 telekanalida bizning universitet talabalarining innovatsion loyihalari haqidagi efirni o'tkazib yuborganlar va uni qayta-qayta ko'rishni istaganlar endi videoni rasmiy YouTube kanalimizda tomosha qilishlari mumkin!  Tomosha qiling, zavqlaning va iste'dodli talabalarimiz bilan faxrlaning!   https://www.youtube.com/watch?v=OdzDWSbrcyk&t=486s    

Continue ReadingToshkent 24TV: Ixtirochi yoshlar – kelajak tayanchi!

Yana bir ijodkor talabamiz ishlaridan bahramand bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida Universitetimiz talabasi Ahmedova Mar'yam ishtirok etmoqda. Keling ularni qo‘llab-quvvatlab, tanlovda omadlar tilab qolaylik!   https://youtu.be/dN1CifEw-fI

Continue ReadingYana bir ijodkor talabamiz ishlaridan bahramand bo‘ling!

Talabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Universitetimizda iqtidorli talabalarimiz ko‘p! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling!” shiori ostida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasida universitetimiz 1-bosqich talabasi Raximdjanova Nodiraxon o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda. Ushbu ijodiy ishlarni ko‘rib ko‘z quvonadi! Nodiraxonning ijodlariga muvafaqqiyat tilab, tanlovda omad yor bo‘lsin deb qolamiz!

Continue ReadingTalabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Bitiruvchimiz “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi!

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulotda holatlar tufayli yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularni oqibatlarini bartaraf etishda MARDLIK va JASORAT namunasini ko'rsatgan, milliy qadriyat va an'analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, HIMMAT va OLIJANOBLIK fazilatlarini ulug'lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularga BEMINNAT KO’MAK berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko'tarishga katta hissa qo'shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, BEG’ARAZ HOMIYLIK yordami hamda ezgu ishlari bilan ko'pchilikka alohida O'RNAK BO'LAYOTGAN yurtdoshlarimiz orasida Toshkent shahridagi…

Continue ReadingBitiruvchimiz “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining barcha Qizlari diqqatiga!

  • Post category:E'lonlar

Bizning eng go'zal, aqlli va baxtli qizlarimiz! Barchangizni 11-oktabr – Xalqaro Qizlar Kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Xalqaro Qizlar Kuni barchamizni birlashtirib, qizlarning ta'lim olishlari va ishga joylashish ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun eng muhim ehtiyoj va imkoniyatlariga e'tiborni qaratadi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti oliy o'quv yurti sifatida avtomobilsozlik va mashinasozlik, sanoatda qurilish va fuqarolik muhandisligi, axborot texnologiyalari, dasturlash va sanoat menejmenti sohalarida yuqori malakali ayol mutaxassislarni tayyorlashga o'z hissasini qo'shadi va barchangizni "Men va oltin kuz" mavzusidagi videoklipni tayyorlashda ishtirok etishga chaqiradi! 🍂🍁🍁🌻! Sizlardan qiziqarli va o'ziga xos, o'zingiz yoki dugonalaringiz bilan kuzning go'zal manzaralarida tushgan fotosuratlaringizni telegramdagi @Farizaxon…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining barcha Qizlari diqqatiga!

Talabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "TECHNOWAYS" texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko'ra ulardan ikkitasi g'olib deb topildi. Xususan, "Nova robotics" jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan "Neuron engineering" jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo'lishdi. G'oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz! Talabalarimiz - bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz! https://www.youtube.com/watch?v=ov-H1G4eTj4&t=14s

Continue ReadingTalabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

“I am an Engineer” tanlovini ochiq deya e’lon qilamiz!

  • Post category:E'lonlar

Salom, Do'stlar! Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti "Mexatronika" markazi Universitet talabalarini 10-an'anaviy "I am an Engineer" deb nomlangan tanloviga arizalar qabul qilish boshlanganligini e'lon qiladi!!! Tanlovda Universitetning barcha bosqichdagi va barcha yo'nalishdagi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashchilar, nafaqat o'zlarining loyihalari va ishlanmalari, hatto-ki g'oyalari bilan ham qatnashishlari mumkin! Tanlov yo'nalishlari: -MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYALARI🚗; -SANOATDA QURILISH🏗; -INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR VA DASTURLASH💻. ❗️Har bir qatnashchining chiqishlari rahbariyat va markaz xodimlari tomonidan belgilangan talablar asosida baholanadi. 🏆Tanlov g'oliblari: 1. Mexatronika markazining to'liq o'quv dasturini BEPUL o'tash imkoniyatiga ega bo'ladilar; 2. O'quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Mexatronika markazini tamomlaganlik haqidagi Sertifikatga ega bo'lib, keyinchalik markaz…

Continue Reading“I am an Engineer” tanlovini ochiq deya e’lon qilamiz!

Xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy Kengash qarori va rahbariyat buyruqlariga asosan, xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha birinchi prorektor etib – Karimov Аbdujamin Аbdujalilovich; Universitet huzuridagi akademik litsey o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari etib – Shamansurov Javlon Shamuslimovich; Xodimlar bo'limi boshlig'i etib – Tronevich Аndrey Аleksandrovich tayinlandi.

Continue ReadingXodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Universitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz... 1-oktyabr' - O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ularni ushbu…

Continue ReadingUniversitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Qadrli va aziz ustozlar! Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz! Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz! Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=52uCyqiyUB0&pbjreload=101

Continue Reading1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

“Rassom ustaxonasida mehmonda” tanlovi!

  • Post category:E'lonlar

"Rassom ustaxonasida mehmonda" onlayn-tanlovda ishtirok eting! Tanlov sharti: tasviriy san'at, amaliy san'at va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ijodingiz namunalaridan tayyorlangan videorolik taqdim etish. G‘oliblarga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan diplom va sertifikatlar taqdim etiladi. Murojaat uchun 71 246 30 73; 71 246 60 28 raqamlariga qo‘ngiroq qiling!

Continue Reading“Rassom ustaxonasida mehmonda” tanlovi!

Diqqat! Tanishish vaqti keldi!

  • Post category:E'lonlar

Aziz talabalar!  Universitet talabalariga o‘zingizni tanitishni hohlaysizmi? Biz sizga imkoniyat yaratib beramiz va albatta ko‘maklashamiz!!! Quyidagi mavzularda videoroliklar tayyorlashni taklif beramiz: 📌 “Mening orzuim” 📌“Mening kelajakdagi kasbim” 📌“Universitet mening hayotimda” 📌 “Hayotimdagi ustozlarim” Ushbu roliklar 3 daqiqadan oshmasligi kerak. Yuqoridagi mavzularda interv'yu berishni istagan talabalarni esa universitetga taklif qilamiz! Va albatta tayyor rolik va interv'yularni telegram kanallarda yoritib boramiza!!! Ma'lumot uchun telelefonlar: 📞📞.(71) 246 30 73, (71) 246 60 28.

Continue ReadingDiqqat! Tanishish vaqti keldi!
image_pdfimage_print