31 May “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivalining Toshkent shahar bosqichining taqdirlash marosimi o’tkazildi

Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, iqtidorli va ijodkor yoshlarni izlab topish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida yoshlar ishtirokida turli xil konferentsiyalar, aktsiyalar, ijodiy tanlovlar, hamda respublika festivallari an’ana tusiga kirib bormoqda.

Shu davomiylikni saqlab qolgan holda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivalining Toshkent shahar bosqichi joriy yilning 11-12 may kunlari umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida yuqori saviyada o’tkazildi. Ushbu Festivalni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad-yosh avlod ongida Vatanga bo’lgan muhabbat, yurt ozodligi va uning gullab-yashnashi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solish, milliy urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat kabi tuyg’ularni shakllantirish asnosida ularni bugungi kunda tobora avj olib borayotgan informatsion hurujlar, turli xil g’oyaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.

“Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivalining Toshkent shahar bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 29 may kun O’zbek Milliy akademik drama teatrida yuqori saviyada tashkil etilib, turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining Diplomlari va qimmatbaxo esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu festivalda universitetimizning 4-bosqich “Mashinasozlik texnologiyasi” yo’nalishi talabasi Sobirxonov Akbarxon “Qishloq sharoitida foydalaniladigan dron” loyihasi bilan qatnashdi. Loyihaning afzallik tomonlari qishloq fermer ho’jaliklarida ekinlarga masofadan turib turli qurt-qumursqalarga qarshi dori sepish. Festival yakunlariga ko’ra talabamiz faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritib festivalning Respublika bosqichiga yo’l oldi va Toshkent shahar xokimi vazifasini bajarayotgan Ortiqxo’jaev Jaxongir Obidovichning shaxsan o’zi faxriy diplom va qimmatbaho esdalik sovg’asini topshirdi.

Festivalning taqdirlash marosimida elimiz ardog’idagi taniqli san’atkorlar ishtirokida tashkil etilgan gala kontsert hamda O’zbek Milliy akademik drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan spektakl festival ishtirokchilarida olam-olam tassurot qoldirdi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...