03 Iyul “Sport-tinchlik timsoli!” shiori ostida mahalla yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi o’tkazildi

Joriy yilning 26-27 iyun kunlari universitetimizda Allon, Ziyo va Mirzo G’olib mahallalari bilan hamkorlikda mahalla yoshlari ishtirokida “Sport-tinchlik timsoli” shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa qoidasiga muvofiq Ziyo va Mirzo G’olib mahalla yoshlari o’zaro bir-birlari bilan o’yin o’tkazdilar va g’oliblikni qo’lga kiritgan ZIyo mahalla yoshlari bundan bir necha kun avval “26 iyun halqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan futbol musobaqasida g’oliblikni qo’lga kiritgan Allon jamoasi bilan kuch sinashdilar. Musobaqaning final baxsi o’ta shiddatli va murosasiz kechdi. Yoshu-kichik bolalar ushbu o’yinda g’oliblik uchun bir-birlaridan aslo qolishmadilar, biroq omad bu kun ham Allon mahalla yoshlari tomonida bo’ldi.
Musobaqa yakuniga ko’ra barcha ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilari va shaxsan universitet ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektori A.Ashurov tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida shuningdek “Eng yaxshi to’purar”, “Eng yaxshi himoyachi” nominatsiyalari bo’yicha ham eng yaxshilar diplom bilan taqdirlandilar
Shuningdek universitet raxbariyati tadbirni o’tkazishda yaqindan hamkorlik qilib, faol ishtiroki uchun barcha mahalla fuqarolar yig’inini tashakkurnomalar bilan taqdirladi.
Yoshlar bizning kelajagimiz va ularga e’tibor ko’rsatib kelajakda komil inson bo’lib yetishishlari uchun o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozimdir.

Related Post

Joriy yilning 30-noyabridan 2-dekabriga qadar poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) — ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar i...
Maqsud Shayhzoda tavalludining 150 yilligi 2018 yi... Tashrifdan maqsad o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri bo'lmish mashhur shoir Maqsud Shayxzoda tavalludining 150 yilligi munosabati bilan...
“Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvli... 2018 yil 1 noyabr kuni universitetimizda vatanparvarlik va diniy bag’rikenglik mavzulariga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Uchrashuvga Olmaz...