18 Sen Shahrisabz kulolchiligi: an’ana va innovatsiya

Kuz mavsumida yurtimizda ko’plab tadbirlar va ko’rgazmalar o’tkazilishi an’anaga aylangan. Shunday ko’rgazmalardan biri 15 sentabr kuni Toshkent shahridagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida bo’lib o’tdi.O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi Rustam Muzaffarovning “Shahrisabz kulolchiligi: an’ana va innovatsiya” nomli ko‘rgazmasiga universitetimiz talabalari ham tashrif buyurdilar.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad: talaba-yoshlarni o‘zbek milliy san’atiga bo‘lgan e’tiborlarini yanada mustahkamlash, xususan kulolchilik san’ati bilan yaqindan tanishtirib, ushbu hunar vakili bilan uchrashib, suhbat o‘tkazish bo‘ldi.
Talabalarimizga suhbat davomida kulolning shaxsan o‘zi bir necha ishlarini olib ta’riflab, ishlanish tarixini so‘zlab berdi. Shuningdek, kulol o‘zi haqida so‘zlar ekan, u kulolchilarning avlodidan ekani, mashhur Axad Muzaffarovning nabirasi ekani va o‘z ishlarida milliylikni targ‘ib etishi haqida gapirib o‘tdi.
Ushbu ko’rgazma talabalarimizga katta zavq bag’ishladi va milliy hunarmandchiligimiz haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...