02 Okt «Rektor kubogi» musobaqasi o`tkazildi

Sog’lom turmush tarzini shakllantirish, talaba yoshlarning sport bilan muntazam shugʹullanishlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida jamoaviy sport musobaqalarini yanada ommalashtirish maqsadida joriy yilning 28-sentyabr kuni universitet talaba-yoshlari o’rtasida «Rektor kubogi» sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu «Rektor kubogi» musobaqasida universitet talaba-yoshlari sportning futbol, armrestling va stol tennisi kabi turlari boʹyicha yakka va jamoaviy tarzda bellashishdi.

Universitetimizda sportni targʹib etish borasidagi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ayniqsa, sportni rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Sportning asosiy vazifasi – bu faqat muvaffaqiyatlarga erishish emas, balki, birinchi navbatda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi, avvalo, bolalar hamda yoshlar salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Xorijiy sport maydonlaridan qolishmaydigan ko‘plab markazlar va seksiyalar, sport komplekslari hamda zallari faoliyat ko‘rsatmoqda.         Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha koʹplab ishlar amalga oshirilmoqda. «Rektor kubogi» sport o‘yinlari nafaqat sport musobaqasi balki talaba-yoshlar oʹrtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omiliga aylandi.

Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda jamoa oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinlarning emotsional keskinligi talabalarning sportga qiziqishini aniqlashga imkon beradi. Ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan sportni targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb etadi.

Musobaqani Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori K.A.Sharipov kirish soʹzi bilan ochib berdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.Bellashuv so’ngida “Rektor kubogi”  gʹolib jamoalarga diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.