20 Mar Hurmatli talabalar!

Universitetimiz talabala yoshlari  o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi o’tkaziladi.Tanlovda qatnashchilarning o’zbek va jahon adabiyoti namunalarini qanchalik yaxshi bilishlari hamda o’zlari sevib o’qigan asarni mohirona sharhlab berishlari (qatnashchining nutq madaniyati) baholanadi.Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar 26 martga qadar 202-xonaga murojaat etishlari so’raladi.Tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshiriladi.

Tadbir: 29 mart soat 15:00 da universitet axborot-resurs markazi (kutubxona) da bo’lib o’tadi

Tanlovda qatnashish istagi bor talabalar quyidagi asarlar bilan tanishib chiqishlari so’rladi:

O’zbek adabiyoti namunalari
1. “Alpomish” dostoni
2. Navoiy “Lisonut-tayr”
3. Abdulla Qodiry “O’tgan kunlar”
4. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”
5. Cho’lpon “Kecha va kunduz”
6. Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar”
7. O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”
8. O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”
9. Said Ahmad “Ufq”
10. G’afur G’ulom “Shum bola”
11 Toxir Malik “Shaytanat”
12 Oybek “Navoiy”

Jahon adabiyoti namunalari
1. William Shakespeare “Romeo va Julietta”
2. Charlz Dikkens “Oliver Tvist”
3. Rashod Nuri Guntekin “Choliqushi”
4. Viktor Gyugo “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi”
5. Gabriel Garsia Markes “Oshkora qotillik”
6. Ernest Miller Xeminguey “Chol va dengiz”
7. Paulo Koelo “Alkimyogar”
8. F. Scott Fitzgerald “The Great Gatsby”
9. Charlotte Bronte “Jane Eyre”
10. Daniel Defoe “Robinson Crusoe “
11. Alexandr Dyuma “Graf Monte Kristo”
12. Charles Dickens “David Copperfield”
13 Margaret Mitchell “Shamollarda qolgan hislarim”
14. Joan Rouling “Garri Potter va Falsafiy tosh”
15. Lev Tolstoy “Anna Karenina”
16. Aleksandr Pushkin “Yevgeniy Onegin”
17. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari”
18. Frensis Skott “Buyuk Getsbi”