05 Apr Eng yaxshi kitobxon talaba

Kitoblar insonga hayot maktabini o’rgatuvchi, eng yaqin do‘st va maslahatchi hamda bilimlar manbaidir. Kitoblar fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz orasida azaldan kitob o‘qishga ishtiyoq qadryatga aylangan. Ayniqsa, buni donolarning o‘gitlari, yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi durdonalari, xalqning an’anaviy tarbiya usullarida aks etgan kitob bilan bog‘liq xilma-xil hayotiy rasm-rusumlar, udumlar va urf-odatlardan ham bilish mumkin. Shu sababli ham, malakatimizda hozirgi kunda yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish masalasiga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirishdan maqsadida universitetimizda joriy yilning 2 aprel kuni “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda universitetimizning 10 nafar kitobxon talabalari ishtirok etishdi.

“Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi 3 shartta o‘tkazilib, birinchi shartda ishtirokchilar badiiy asarlardan tuzilgan savollarga javob berish, ikkinchi shartda bilet tanlanib taniqli asarlar qahramoni haqida so‘zlab berish bo’yicha ishtirokchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Uchinchi shart “Men  sevgan asar” deb nomlanib, unda tanlov qatnashchilari uyga vazifa sifatida mustaqil tanlangan badiiy asarning  mazmun va mohiyati to’g’risida gapirib, asarning bugungi kundagi tarbiyaviy  ahamiyati hamda asardan olgan taassurotlari xususida o’z fikrlarini bildirdilar. Xilma-xil fikrlar va munozaralar bilan  qizg’in tarzda bo’lib o’tgan ushbu tanlovni universitet o‘qituvchi professor o‘qituvchilari va xodimlaridan tuzilgan xay’at a’zolari baholab bordilar.Yakuniy natijalariga ko‘ra :

1-o‘rinni : Sunnatillayeva Nozima

2-o‘rinni: Qodirov Xurramshoh va Narzullayeva Diyora

3-o‘rinni  Ergasheva Maftuna qo‘lga kiritdilar va ularga univenrsitet rahbariyati tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Aytish mumkinki, bu kabi tanlovlarning tashkil etilishi yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxs etib tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir.