16 Apr RoboCUP 2019

15 aprel kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yoshlar press-klubida   O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi  hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda shu yilning 29-mart kuni o’tkazilgan “RoboCUP 2019”  televizion musobaqasi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Joriy yilda o’tkazilgan ushbu tanlov “Robo-sumo” hamda “Robo-futbol” yo‘nalishlaridan iborat bo‘lib, 2 yosh toifasi o‘rtasida o‘tkazildi.

“Robo-sumo” yo‘nalishida arduino platformasida yasalgan, o‘zini o‘zi boshqaruvchi robotlar  bilan respublikamizning 12 ta kuchi jamoasi ishtirok etishdi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mexatronika markazi a’zolaridan iborat jamoalar 1-o’rin va 3- o’rinni qo’lga kiritdilar. Ikki kishidan iborat universitetimizning III  bosqich talabalari Rahimov Javohir hamda Sultonov Ibrohim jamoasi ushbu tanlovda 1-o’rinni qo’lga kiritib  Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Asian Science Camp 2019 oromgohiga borish uchun yo‘llanma oldilar.Tanlovdagi  ushbu yo’nalish bo’yicha 2-o’rinni  “Intech” jamoasi va 3-o’rinni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari Rahmonov Ibrohim hamda Mahkamov Farhod jamoasi qo’lga kiritdi.

Shuni alohida quvonch bilan qayd etish mumkinki, universitetimiz jamoasi RoboCUP tanlovida bu gal ham an’anaviy birinchilikni o’z qo’llarida saqlab qoldilar. G’oliblik bilan talabalarimizni universitet rahbariyati va ustozlar  nomidan tabriklaymiz va ularga keyingi tanlovlarda ham omad yor bo’lishini tilab qolamiz !