18 Apr “YUVENTUS” FUTBOL AKADEMIYASI ENDI TOSHKENTDA!

2018 yilning 18 dekabrida “Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish boʻyicha ijrochi direktori Karolina Kiappero boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kampusi bazasida “Yuventus” futbol akademiyasini ochish to’g’risidagi hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

“Yuventus” futbol akademiyasida yosh futbolchilarni tarbiyalashda zamonaviy yondashuv asosida eng asosiy jihatlar xususan, futbolchilarning texnik, taktik va individual jismoniy rivojlanishini psixologik treninglar hamda test tizimi orqali nazorat qilib boriladi. O’quv mashg’ulotlari bolalarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar va zamonaviy sport infrastrukturasiga ega bo’lgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kampusida o’tkaziladi.

“Yuventus” akademiyasining ochilish marosimi  2019  yil 7 mayda Toshkent shahridagi  Turin politexnika universitetida o’tkaziladi. Ochilish marosimi kuni universitetida “Yuventus” klubi bosh murabbiyi mahorat darsi  hamda 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning mavsumiy tayyorgarligi uchun qabul jarayonini o’tkazadi.

Shuningdek, “Yuventus” akademiyaning ochilish marosimi doirasida italiyalik murabbiylarning akademiyaning rivojlanish rejalari haqidagi fikrlarini tinglash va turli savollarga javob olish maqsadida jurnalistlar bilan matbuot anjumani o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkentdagi “Yuventus” futbol akademiyasi o’qish va yosh toifasida guruhlarga ajratish bo’yicha arizalarni qabul qilishni boshladi. O’rinlar soni cheklangan. Ma’lumot uchun telefon: +998 95 144-77-70