26 Apr International Debate Competition

Talaba yoshlarning intellektual salohiyatlari, fikrlash qobiliyatlari, nutq ravonligi, suhbatlashish madaniyati hamda muammolarga sog’lom raqobat ostida baxs-munozara yuritish ko’nikmalarini yanada shakllantirish maqsadida mamlakatimizning bir qator oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida joriy yilning 23-24 aprel kunlari “International Debate Competition” tanlovi o’tkazildi. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo’lib o’tgan ushbu tanlovda 7 ta universitet xususan, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent xalqaro Vestminster Universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,Toshkent shahridagi Inha Universiteti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoalari ishtirok etishdi.
Universitetimiz nomidan jamoada I bosqich talabalari Sardorbek Xo’jayev Jahongir Turg’unboyev va Muslima Davronova ishtirok etib, ajoyib o’yin namoyish etdilar. Dastlabki uchta guruh o’yinlaridagi g’oliblikdan so’ng, universitetimiz jamoasi final bosqichida Toshkent xalqaro Vestminster Universiteti jamoasi bilan “What is more important: Personal Privacy or National Security?” mavzusida bahs yuritishdi. Final o’yini qizg’in va murosasiz kechdi. Yakuniy bahsdan so’ng, jamoamiz 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Ushbu g’alaba bilan universitet rahbariyati nomidan ishtirokchi talabalarimizni tabriklaymiz!