29 May Dassault Systèmes kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdilar

Joriy yilning 27 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Fransiyaning  Dassault Systèmes kompaniyasining Rossiya  va MDH davlatlari bo’yicha boshqaruvchi direktori Aleksey Rijov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Tashrif davomida tomonlar  bundan keyin ham universitet va Dassault Systèmes kompaniyasi o’rtasida  hamkorlikni  davom ettirish bo’yicha   o’zaro muzokara olib bordilar.

Bugungi kunda Dssault Systèmes muhandislik dasturlarini ishlab chiqarish bo’yicha jahondagi  yetakchi  kompaniyalardan biri hisoblanadi . 2018 yilning 17 oktabrida Dassault Systèmes kompaniyasi hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan  va universitetga  SOLIDWORKS dasturidan foydalanish uchun besh yuzga yaqin litsenziyalar taqdim etilgan edi.

Hozirda universitetdagi  texnopark va maxsus laboratoriyada  universitet muhandislari 3D moslamalarida aynan Dassault Systèmes SOLIDWORKS dasturidan foydalanib kelishadi. Shu kuni delegatsiya az’olari universitetning texnopark hamda maxsus laboratoriyasida  bo’lib hamkorlik natijalari qanday samara berayotganligini ko’zdan kechirdilar.