14 Iyun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bepul robototexnika kurslariga taklif etadi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mexatronika markazi robototexnikaga qiziquvchi maktab o’quvchilarini joriy yilning 17 iyunidan boshlanadigan bepul  “Summer Camp” o’quv kursiga taklif etadi. Mashg’ulotlarga  14 yoshdan oshgan hamda fizika va matematika bo’yicha yaxshi bilimga ega bo’lgan maktab o’quvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.

Robototexnika  kursi universitet mexatronika markazida  olib boriladi va   o’quvchilarga dasturlash va modellashtirish bo’yicha mutaxassislar tomonidan darslar o’tiladi.

Robototexnika kursida ishtirok etishni istagan oq’uvchilar 15 iyunga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  mexatronika markaziga kelib ro’yxatdan o’tishlari kerak.

Ma’lumot uchun telefon: +998 90 942-24-47