21 Iyun UNIVERSITETDA 5 TA TASHABBUS AMALDA!

Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalari ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus belgilab berildi. Uning ikkinchisi aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlarni  sportga kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o’tkazishni ko’paytirishga yo’naltirilgan.

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 21-iyunь kuni “Chimboy”, “Аchaobod” va universitet xodimlari farzandlari o’rtasida “Sog’lom bola – sog’lom kelajak” shiori ostida “Quvnoq startlar”i va sportning shaxmat turi bo’yicha master-klass o’tkazildi.

“Quvnoq startlar”i va master-klassni o’tkazishdan maqsad – o’quvchi-yoshlarni yozgi ta’tildagi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularni epchil, irodali, jasur qilib tayorlash, birdamlik ruhida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, bundan tashqari ularni o’zlari qiziqgan sport turlari bilan muntazam shug’ullanishlari uchun zamin yaratishdan iborat.

“Quvnoq startlar”da “Chimboy” va “Аchaobod” yoshlaridan iborat bir necha jamoalar ishtirok etidi. Sportsevar bolajonlarning chaqqonligi, ziyrakligi va birdamligi sinovdan o’tkazildi. O’quvchi-yoshlar bir nechta qiziqarli shartlar bo’yicha bellashdilar. Ular: Xalqa ichida turgan to’plarni ikki qo’lda ko’tarib tezlik bilan marraga yetish, arqon bilan chopish va estafeta tayoqchasini navbatdagi sherigiga yetkazish, to’siqlar bilan harakat qilish (To’siqlar orqali xarakat qilish, to’siqlardan o’tish),  ishtirokchi ikki oyoqda turgan joydan sakraydi, so’ng bir oyoqda sakrab to’sikni aylanib o’tib, marraga qaytish, sport anjomlari bilan yugurish, gandbol va sevimli futbol o’yini o’ynab murakkab shartlarda g’oliblik uchun kurashdilar.

Ushbu sport o’yinlariga universitet sport murabbiylari N.Saidova, А.Xutin va X.Аbduraxmonov xa’kamlik qilib, o’yin shartlarini haqqoniy baholab bordilar. Sport  bellashuvi jami 20 nafar ishtirokchini qamrab oldi. So’nggi natijalarga ko’ra barcha jamoalar teng natija ko’rsatib, do’stlik g’alaba qozondi. Universitet raxbariyati tomonidan ishtirokchilarga faxriy yorliq va sovg’alar (kitoblar) topshirildi.

Sportning shaxmat turi bo’yicha o’tkazilgan master-klassga universitet 1-bosqich talabasi Midxatov Kozim boshchilik qildi. U shaxmat sport turini kelib chiqish tarixi, uning turlari, uslub va qoidalari to’g’risida tayyorlagan taqdimotni bolajonlarga namoyish etdi.

So’ng, barcha maxorat darslarida qatnashish istagida bo’lgan o’quvchi-yoshlar va Midxatov Kozim bilan shaxmat o’ynini o’ynashdi. Kozim o’yin davomida kuzatilgan kamchilik va xatolarni joyida etib, raqibiga kerakli ma’lumotlarni va yechimlarini aytib o’tdi.

Universitetda 5ta tashabbusni amalda bajarilayotganligini OАVlarda yoritish maqsadida O’zbekiston Teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalidan muxbirlar tashrif buyurdilar. Ular sport maydonida futbol o’ynayotgan universitet xodimlari va talabalaridan iborat jamoalarni, “Quvnoq startlari” va shaxmat bo’yicha master-klasslarni kuzatib, maxalla bolajonlari va universitet xotin-qizlar qo’mitasi raisi F.Nabixanovadan intervyu oldilar.

Ushbu tadbir barcha qatnashchilarni birdamlashtirdi va bolajonlarda universitet tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalari yaxshi ta’surot qoldirdi.