07 Sen Induction Days 2019

Universitetimizda bir necha yillardan beri kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, yangi o’quv yilida talaba bo’lish baxtiga erishgan yoshlar uchun “Induction Days” (Birinchi kurs maktabi) tanishuv tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 5 sentabr kuni 2019 yilda universitetimizga qabul qilingan birinchi kurs talabalariga o’quv yili oldidan universitet talabalar faoliyati, o’quv jarayonlari va boshqa qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari va tengdoshlari bilan do’stlik aloqalarini o’rnatish, jamoa bo’lish imkonini beruvchi “Induction Days” tadbirlarining birinchi kuni ish boshladi.
Tadbirning birinchi kuni talabalar universitet majlislar zalida jamlanishdi.Ochilish marosimida dastlab, universitet yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining faollari tomonidan qiziqarli chiqishlar namoyish etildi va faollar birinchi kursga qabul qilingan yoshlarni qutlab, ularga oldinda boshlanadigan o’qish jarayonida omad tiladilar.Shundan so’ng , yangi talabalarga universitet va talalabalar hayoti shuningdek, universitet talabalarining turli mahalliy hamda xalqaro ko’rgazmalardagi ishtirokiga bag’ishlangan videolar namoyish etildi. Qiziqarli video namoyishidan so’ng, talabalar universitet ta’lim jarayoni va boshqa masalalar bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va koordinatorlardan tegishli tavsiyalarni olishdi.
Ochilish marosimidan so’ng, talabalar guruhlarga bo’lingan holda ish olib borishdi.Tadbir rejasiga ko’ra barcha guruhlarda dastlab, o’zaro tanishuv, jamoa tashkil qilish bo’yicha turli interfaol o’yinlar o’tkazildi. Shuningdek, I bosqich talabalari universitet hududi bo’ylab ekskursiya uyushtirdilar.
Talaba yoshlarga katta zavq va quvonch bag’ishlagan, ularni o’zaro do’stlik ruhida birlashtirgan “Induction Days” (Birinchi kurs maktabi)ning ikkinchi kuni ham ko’plab yoshlarni birlashtirdi.
“Induction Days” (Birinchi kurs maktabi)ning ikkinchi kuni doirasida talabalar o’rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennis, arm-wrestling kabi turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Qizg’in va murosasiz kechgan o’yinlardan so’ng, g’olib jamoalar nomi aniqlandi. Aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining ikkinchi yo’nalishi bo’yicha universitetimizda yil davomida talaba yoshlar o’rtasida ko’plab sport musobaqalarini o’tkazish, sport to’garaklariga yoshlarni jalb qilish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.
Kunning ikkinchi yarmida talaba qizlar o’rtasida “Miss Induction” tanlovi o’tkazildi va unda talaba qizlarning har tomonlama qanday iqtidor sohibi ekanliklari sinovdan o’tkazildi.
Quvnoq hazillar, samimiylik, quvnoqlik va do’stlik muhitini o’zida ifoda etgan ushbu kun tadbirlari talaba yoshlarga yangi o’quv yili darslari oldidan yuqori kayfiyat bag’ishladi.