16 Sen “TSUNAGU” kompaniyasi vakillarining universitetimizga tashrifi

image_print

Joriy yilning 13 sentabr kuni universitetimizga Yaponiyaning  IT sohasi bo’yicha  faoliyat olib boruvchi nufuzli  “TSUNAGU”  kompaniyasi bosh direktori Fujikuri Noriyasu va mazkur kompaniyaning direktor  o’rinbosari Dmitriy Malishevlar  tashrif  buyurishdi. Tashrif avvalida,  mehmonlar universitet va undagi o’quv jarayoni, universitetimizdagi ta’lim yo’nalishlari  kabi ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Shundan so’ng, kompaniya vakillari universitetimiz  rektori O’ktam Salomov  bilan uchrashib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish xususan, IT sohasi bo’yicha  maqsadli kadrlar tayyorlash va birgalikda turli loyihalarni amalga oshirish to’g’risida muzokara olib bordilar.