21 Okt Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak!

TTPU
image_print

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki.

1989 yil 21 oktyabrda “Davlat tili to’g’risida” gi qonun qabul qilindi, unga muvofiq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi, bu mustaqillikka erishish yo’lida hal qiluvchi qadam bo’ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Bugungi kunda o’zbek tili dunyoning ko’plab mamlakatlarida tanilgan. Aksariyat xorijiy universitetlarda maxsus bo’limlar ochilgan bo’lib, unda chet ellik talabalar nafaqat o’zbek tilining jozibasi va go’zalligini, balki bizning mamlakatimiz, uning tarixi va zamonaviyligini o’rganadilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida vatanga va ona tiliga bo’lgan muhabbatni oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A. Ashurov kirish so’zi bilan ochib, talabalar va professorlarni an’anaviy tadbir bilan tabrikladi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Zulfiya Mo’minova va Zikrillo Ne’matov ishtirok etib, talabalarni o’zbek tilining tarixiy ahamiyati va bu sohadagi yutuqlar bilan tanishtirdilar, shuningdek, til, kitob va vatanparvarlik mavzusidagi she’riy asarlarini taqdim etdilar. Uchrashuvda universitet talabalari tomonidan monologlar, buyuk o’zbek shoir va yozuvchilarining asarlaridan parchalar o’qildi. Ular har bir tomoshabin qalbida ijobiy ta’surotlar qoldirib, o’zbek xalqining sevgi va sadoqatining ajoyib muhitiga solib qo’ydi. Tadbir so’ngida tibbiyot universiteti talabalari o’zlarining kuvnoq sahna kurinishlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy oldi va zalni kulgi va shodlikka to’ldirdi.