04 Noy Keksalarni e’zozlash – barchamizning burchimiz!

TTPU
image_print

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora tadbirlar to’g’risida”gi 816-son qarorini amalga oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

2019 yil 29 oktabr kuni universitet jamoasi “Keksalar haftaligi” doirasida “Keksalarni e’zozlash – barchamizning burchimiz!” shiori ostida Olmazor tumani “Achaobod” va “Chimboy” maxallalar ijtimoiy hayotida o’z faoliyati bilan o’rnak bo’lgan faollari, urush va mehnat fahriylari, nogironlar va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurishdi, xolidan xabar olib va oz bo’lsada hayriya ishlarini amalga oshirib keldi. Bunday ulug’ keksalarimizga extirom ko’rsatish barchamizning muqaddas burchimizdir. Zotan, ularning mardonavor jasoratlari va o’gitlari biz uchun doimo muhim hayot maktabi bo’lib xizmat qiladi.