18 Noy “Ipak yo’lidagi turizm” yarmarkasi

TTPU
image_print

“Ipak yo’lidagi turizm” 1995 yildan beri Markaziy Osiyo mintaqasidagi turizm sohasidagi eng yirik va eng yorqin tadbirlardan biri bo’lib, uning homiysi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) hisoblanadi.

Joriy yilning 13-15 noyabr kunlari “O’zekspomarkaz” milliy ko’rgazma markazida “Ipak yo’lidagi turizm” 25-xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari yarmarkaga qatnashib mamlakatimizning har bir mintaqasining milliy madaniyati va turizm salohiyatining o’ziga xos xususiyatlarini namoyish etuvchi O’zbekiston mintaqalarining taqdimot stendlari, hamda xalqaro transport kompaniyalari, davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, O‘zbekiston va xorij sayyohlik va kurort maskanlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Bundan tashqari, “Sharq bozori”, «Ipak yo‘li lazzati» milliy taomlar festivali, O’zbekiston sayyohlik brendlari elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivalining taqdimoti, mahorat darslari va ustaxona mahsulotlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi.

Ushbu ko’rgazma yoshlar, sayyohlik sohasi mutaxassislari va chet ellik mehmonlarga nafaqat O’zbekistondagi, balki dunyoning boshqa mamlakatlaridagi turizm sohasi bilan ham tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.