02 Dek O’zbekistonda startap loyihalarini rivojlantirish bo’yicha Rossiya-O’zbekiston dasturini tashkil etish to’g’risida kelishuvga erishildi

TTPU
image_print

Startap – bu ilgari ishlab chiqarilmagan yangi innovatsion biznesni yaratishdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda startap biznesni yaratish va rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, chunki u kelajak iqtisodiyotning asosini tashkil etadi.
Joriy yilning 25-noyabr kuni “Skolkovo” innovatsion markazida O’zbekistonda startap-kompaniyalarning “Softlending” treyning o’quv dasturida bepul ishtirok etish masalasi muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, “Skolkovo” jamg‘armasi a’zolari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Skoltex instituti vakillari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida 2020 yilning birinchi choragida O’zbekistondagi 25 ta startap-kompaniyalar uchun maqsadli o’quv kurslarini tashkil etish, Rossiya-O’zbekiston startap loyihalari tanlovini tashkil etish to’g’risida kelishuvga erishildi, shuningdek ular asosida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va SkolTex instituti oʻrtasida tuzilgan hamkorlik aloqalari bo’yicha – O’zbekistonlik bitiruvchilarni Skoltex institutida magistratura dasturlarida, professor-o’qituvchilarni qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o’qishini tashkil etish va yosh ilmiy xodimlarni – Rossiya Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida qisqa muddatli amaliyot o’tashga yuborish rejalashtirildi.