04 Dek 9-yillik mexatronika bo’yicha tanlov

TTPU
image_print

Mexatronika – bu elektromekanika, elektronika, mikroprosessor texnologiyasi, avtomatlashtirish va IT texnologiyalari sohasidagi bilimlarga asoslangan kompyuter tomonidan boshqariladigan mashinalarni yaratish va rivojlantirishga bag’ishlangan fan va texnologiya sohasi. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti hududida mexatronika markazining ochilishi nafaqat universitet talabalariga, balki tashqi ishtirokchilarga ham ta’lim olish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Joriy yilning 22 noyabr kuni universitet talabalari orasida eng yaxshi innovatsion loyiha uchun 9-yillik mexatronika tanlovi bo’lib o’tdi. Universitet talabalari har qanday faoliyat sohasidagi loyihalar bilan tanlovda ishtirok etish va loyiha g’oyasi bilan tanishtirish bo’yicha taqdimot o’tkazish imkoniga ega bo’ldilar. Musobaqada 18ta jamoa ishtirok etdi, ulardan 12 nafari taqdimotlardan so’ng hakamlar hay’ati tomonidan saralab olindi.
Tanlov quyidagi 5 mezon bo’yicha o’tkazildi:

1. Foydaliligi
2. Puxta ishlanganligi
3. Tuzilishi
4. Dasturi
5. Yangiligi

Tanlov davomida egallagan o’rinlar e’lon qilingandan so’ng, tanlov g’oliblari Mexatronika markazida 8 oylik bepul o’qish va kurs oxirida sertifikat olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.