06 Dek “Xech kim etibordan chetda qolmaydi!” hayriya aksiyasi

TTPU
image_print

Mehribonlik va rahmdillik xalqimizning qimmatli va eng go’zal xususiyatlaridir. Bu yurak sofligi va qalbning pokligi, beg’araz yordam berish istagi, birovning quvonchiga sherik bolish va taqdirga shukur keltirish deganidir. Xalqimiz muhtojlarga samimiy yordam berishga va xayriya tadbirlarini o’tkazishga doimo tayyor.
Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining butun jamoasi nomidan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi qoshidagi maxsus yashash joyi bo’lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi “Mehr sahovat uyi”ga issiq ust kiyimlar, ichki kiyimlar va poyabzallar etkazib berildi.
Universitet ma’muriyati, professor-o’qituvchilar va talabalariga xayrli ishlarni amalga oshirishda qo’shgan hissalari va yordamlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizning saxiyligingizni qadrlaymiz va bunday mehribon yuraklarga ega bo’lgan insonlar orasidaligimizdan juda mamnunmiz!