You are currently viewing Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o’yinlarning salbiy oqibatlari

Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o’yinlarning salbiy oqibatlari

Joriy yilning 20-dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unga Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Axborort texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarma kiberhavfsizlik bo‘limi tezkor xodimi, kapitan Sh.E.Mamatqulov hamda ushbu bo‘lim xodimlari B.M.Atakulov va Sh.B.Xudoyberdiyevlar tashrif buyurib, “Ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet tarmog‘i orqali 1xBet, MostBet va boshqa bukmekerlik onlayn shaklidagi kazinolarida tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzusida so‘z yuritdilar.

Dastavval, tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, axborot kommunikatsion texnologiyalari rivoj topgan sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib borilayotgani e’tirof etildi.

“Hozirgi globallashuv asrida yoshlarning dunyoqarashi kun sayin o‘zgarib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Shu nuqtai nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda ularga nisbatan kibertahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi”, deydi Sh.E.Mamatkulov.

         Tadbir davomida talaba-yoshlarga mavzuga doir foydali ma’lumotlar bilan birga, hozirda tez uchrab turadigan kiberjinoyatchilikka doir hayotiy voqealar aks ettirilgan video lavhalar namoyish etildi. Unda asosan ehtiyotsizlik oqibatida ko‘rilgan jabrlar, kiberjinoyatlardan aziyat chekkanlar va ularni sodir etganlar holati yoritib o‘tilgan.

         Qizg‘in davom etgan davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savolariga atroflicha javob oldilar.

743
image_pdfimage_print