You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1, 2 va 3-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida o‘quv yili yakunlari bo‘yicha “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida ota-onalarga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, talabalarning bilim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitet rektori Olimjon To‘ychiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, bugun universitetda talabalar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganligi va bu sharoitlar, qulayliklardan oqilona foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash dolzarbligi haqida so’z yuritdi.

Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berildi.

633
image_pdfimage_print