You are currently viewing TTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

TTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Elektrofizika va axborot texnologiyalari ilovalari 2024 – (International Conference on Electrophysics and Information Technology Applications 2024) bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Gibrid formatda (offlayn va onlayn) tashkil etilgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo‘llash va axborot texnologiyalari ilovalar, quvvat aktivlarini boshqarish, quvvat IoT va sensorlar va aqlli elektr inshooti kabi mavzularga oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muhokama qilindi.

Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar instituti (Korean Institute of Electrical Engineers) tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad – sohaga oid ilg‘or gʻoyalar, innovatsion texnologiyalar, dolzarb muammo va kelajak istiqbollari bo‘yicha tajriba almashish, ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va mutaxassislarni ushbu sohalarda jalb qilish sanaladi.

Konferensiyani TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev hamda KIEE (Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar institute) professori Yong-Sang Kim kirish so‘zi bilan ochib berib, mazkur tadbir ishiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Politecnico di Torino (Italiya) professori Guido Marchetto va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi Tulayganov Dilshat Ubaydullaevich ham so‘zga chiqib mazkur konferensiyaning hozirgi kundagi dolzarb mavzularga qaratilganligini e’tirof etdilar.

Bu yil konferensiyada elektrofizika va axborot texnologiya ilovalar, quvvat IoT va sensorlar, aqlli elektr inshooti kabi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom etib, ishtirokchilarning ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Eslatib o‘tamiz, ertaga 25 iyun kuni konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom ettiradi.

208
image_pdfimage_print